Jizzax viloyatida yashirin tarzda oltin qazib olmoqchi bo‘lgan 4 fuqaroni tosh ostida qoldi. 2 nafari chuqurdan chiqa olmay vafot etdi, qolgan ikki fuqaro og‘ir tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Yanvar-oktyabr oylari davomida O‘zbekiston 5,8 mlrd dollarlik hajmda oltin eksport qilgan. Bu 10 oy davomida amalga oshirilgan tashqi savdo aylanmasining 43,5 foizini tashkil qiladi. So‘nggi ikki oy davomida O‘zbekiston oltin eksport qilmagan.
O‘zbekiston iyul-sentyabr oylarida 35 tonna oltin sotib, bu borada dunyoda yetakchiga aylandi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Turkiya egallab turibdi.
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari ikkinchi oy ketma-ket kamayib, hozirda 33,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Agar avgust oyida zaxiradagi pasayish oltinni sotish bilan bog‘liq bo‘lsa, hozirda bu asosan valyutaga bog‘liq.
Yanvar-avgust oylari yakuni bo‘yicha mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 2,45 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil etdi. Eng ko‘p savdo aylanmasi ulushi Xitoy, Rossiya va Qozog‘istonga to‘g‘ri kelmoqda. Bu davr mobaynida eksportning 50 foizini oltin, importning 37,8 foizini mashinalar va transport asbob-uskunalari tashkil etdi.
Jismoniy shaxslar o‘lchovli yombilar va Markaziy bank tangalarini O‘zbekistondan olib chiqib ketish huquqiga ega bo‘ldi. Buning uchun tegishli sertifikatni olish lozim.
O‘zbekistonning rasmiy rezerv aktivlari 34,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Avgust oyida 1 mln unsiyaga teng bo‘lgan miqdorda oltin rezervlarining sotilishi evaziga valyutadagi rezervlar miqdori 1,8 mlrd dollarga ko‘payib, 15,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
O‘zbekiston yanvar-avgust davri davomida 5,8 mlrd dollarga, avgust oyining o‘zida esa 2,5 mlrd dollardan ziyod summaga teng bo‘lgan miqdorda oltin eksport qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,2% ni tashkil etib, 1,8 mlrd dollarga ko‘proq. Oltin eksporti jami eksport ulushining 50% ni tashkil etoqda.
Oltin unsiyasi narxi tarixiy rekord darajaga ko‘tarilib, 2000 dollardan oshdi. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov aynan hozir oltin-valyuta zaxirasini sotib, mablag‘larni mamlakat iqtisodiyotini qutqarishga va ishsizlar soni ortishining oldini olishga yo‘naltirish mumkinligini aytmoqda.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting