2023-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston 2023-yilda dunyoda eng ko‘p oltin sotgan ikkinchi mamlakat bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) ma’lumot berdi.

O‘zbekistonning oltin bo‘yicha sof savdosi 25 tonnadan ortiqni tashkil etib, mamlakat birinchilikni egallagan Qozog‘istondan ikki barobar kam ko‘rsatkichni qayd etgan.

2023-yilda Xitoy qariyb 230 tonna bilan qimmatbaho metallning asosiy xaridoriga aylandi. Undan keyingi o‘rinlarni sezilarli farq bilan Polsha, Singapur, Liviya va Chexiya egallagan.

Dekabr oyida jahon markaziy banklarining oltin-valyuta zaxiralari 28 tonnaga ko‘paydi, bu qimmatbaho metallarni sotib olish trendi davom etayotganini anglatadi. Oltinning asosiy xaridori 18 tonna bilan Turkiya bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda esa 9 tonna oltin bilan O‘zbekiston va Xitoy qayd etildi.

2023-yilning so‘nggi oyida eng yirik oltin sotuvchilari Qozog‘iston (10 tn) va Qirg‘iziston (2 tn) bo‘ldi.