2024-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 3,42 milliard dollarlik oltin eksport qildi, deyiladi Prezident huzuridagi Statistika agentligining “Gazeta.uz” o‘rgangan hisobotida.

Bu 2023-yilning shu davriga (3,06 milliard dollar) nisbatan 11,8 foizga ko‘p hisoblanadi. Aprel oyida xorijga qimmatbaho metall yetkazib berish 758,3 million dollarni, mart oyida 1,35 milliard dollarni, fevralda 1,32 milliard dollarni tashkil etdi.

Oltinning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 39,3 foizdan (2023-yil yanvar-aprel oylarida) 40,3 foizgacha oshdi.

Mart oyida oltin kotirovkalari bir unsiya uchun 2250 dollardan 2328 dollarga (+3,4 foiz) ko‘tarildi va tarixiy eng yuqori darajasiga chiqishda davom etmoqda. Masalan, 21-may kuni oltinning troy unsiyasi qiymati Nyu-York fond birjasida o‘zining tarixiy maksimalini yangiladi va yil boshidan buyon 2452,6 dollargacha ko‘tarildi, narxi 17,8 foizga oshdi.

oltin, oltin eksporti, statistika, statistika agentligi, tashqi savdo

Jahon bozorida oltin narxining o‘sishi fonida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 35,1 milliard dollargacha oshdi. Shu bilan birga, zahiradagi qimmatbaho metalning fizik hajmi 1,24 tonnaga kamaydi va 2022-yilning may oyidan buyon minimal darajada qolmoqda.

Mart oyida O‘zbekiston yana 11 tonna qimmatbaho metall sotgan holda dunyodagi eng ko‘p oltin sotuvchi bo‘lgandi. Fevral oyida mamlakatda 12 tonna qimmatbaho metall sotilgan.