Hindistondagi Indira Gandi xalqaro aeroportida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi 5 kilogramm oltinni musodara qilindi. Bu haqda Dehli Bojxona xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Dubaydan kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi aeroport bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Natijada ular 3,16 million rupiylik oltinni noqonuniy olib kirishga uringani aniqlangan.

Fuqarolar bojxona xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.