Namangan viloyati Davlatobod tumanida sof quyma oltin sotayotgan shaxslar ushlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament matbuot xizmati.

Departament hamda DXXning viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlatobod tumanida yashovchi B.S. va N.K. 3 dona oltinga o‘xshash sariq rangli quyma metallni fuqaro E.A.ga 20 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 3 dona sariq rangli metall umumiy vazni 298,43 gramm bo‘lgan “992” probali sof oltin ekani qayd etilib, 222,8 mln so‘mga baholangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiligan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.