«olmazor tumani» tegli maqolalar


9 avgust 2021, 12:40

IIV Qalampir.uz jurnalisti Feruza Najmiddinova ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi

Qalampir.uz jurnalisti Feruza Najmiddinovaga tuhmat qilish uchun tarqatilgan videoda rasmiy nikohdagi er-xotin, chet el fuqarolari bo‘lganligi ma’lum qilindi. Ularning harakatida qonun buzilish holatlari aniqlanmagan. Videolavhani yasab, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish orqali jurnalistning obro‘sini to‘kishga qilingan harakat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2 avgust 2021, 11:54

Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Azizxon Umarxonov Olmazor tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

26 iyul 2021, 14:29

Olmazor tumanida yo‘lovchi tashuvchi “Gazel” yonib ketdi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida dvigatel qismida qisqa tutashuv yuzaga kelganligi sabab “Gazel” avtomobili yonib ketdi. Yo‘lovchilar avtomobildan tushirilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

18 iyul 2021, 09:41

Olmazor tumani hokimi vafot etdi

Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov 51 yoshda vafot etdi.

16 iyul 2021, 11:20

Toshkentdagi masjidda janjal ko‘targan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Toshkentdagi masjidlardan birida janjal ko‘tarib, jamoat tartibini buzgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi. Shuningdek, uning Facebook`dagi sahifasida diniy aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar borligi gumon qilinib, unga nisbatdan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

7 iyun 2021, 16:57

Toshkentda piyoda Lacetti avtomobili urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 35 yoshli piyodani Lacetti avtomobili urib yuborishi oqibatida, piyoda tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

27 aprel 2021, 10:41

Toshkentdagi kafelardan birida ikki erkak hisobni to‘lamasdan, kafe ishchisini do‘pposladi

Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan kafelardan birida mast holatdati ikki kishi hisobni to‘lamasliklarini aytib, kafe ishchisini do‘pposlagan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

20 aprel 2021, 11:22

Toshkentdagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Poytaxtning Olmazor tumanida Nexia-3 qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, Matiz bilan to‘qnashdi. Ikki kishi vafot etdi.

17 mart 2021, 14:10

Toshkentdagi “Yoshlik” shaharchasiga Ziyodullo Sa’dullayev hokim bo‘ldi

Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari — “Yoshlik” shaharchasi hokimi lavozimiga Ziyodullo Sa’dullayev tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqida bir qator lavozimlarda ishlagan.

4 noyabr 2020, 14:34

«Islom sivilizatsiyasi markazi» qurilishi uchun 237 ta uy buzildi

Olmazor tumanida «Islom sivilizatsiyasi markazi» qurilishi uchun hududdagi 241 ta xonadon buzilishga tushgan. Ularning 237 tasi buzib bo‘lindi, qolgan 5 ta xonadon egalariga uy-joy ajratish ishlari olib borilmoqda.

4 noyabr 2020, 14:22

Abdurasul Vaxobov vaqtincha Olmazor hokimi o‘rinbosari lavozimiga qayta tiklandi — hokimlik

Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimining o‘rinbosari Abdurasul Vaxabov, 2019 yil sentyabr oyining oxirida jurnalistlar bilan bo‘lgan ziddiyatdan so‘ng ishdan bo‘shatilgan edi, biroq u ushbu lavozimga v.b. sifatida qayta tiklandi. Hokimlik matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu lavozimga nomzodlar yo‘qligi va uylarni buzish masalasi bo‘yicha aholidan tushayotgan ko‘plab murojaatlar sababli Vaxobov vaqtincha ish joyiga qaytarildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting