Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

U 1970 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Abdumajid Mullajonov 2019 yildan 2021 yilning yanvar oyiga qadar Olmazor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Yanvar oyida u Olmazor tumani hokimi lavozimiga tayinlangan edi.

Ma’lumot uchun, Abdumajid Mullajonov O‘zbekiston Markaziy banki sobiq raisi, marhum Fayzulla Mullajonovning o‘g‘li edi.

«Gazeta.uz» manbalarining ma’lum qilishicha, Abdumajid Mullajanovning o‘limiga miokard infarkti sabab bo‘lgan.