19 aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Beruniy ko‘chasida, «Tinchlik» metro bekati yaqinida, taxminan soat 23:30 da 23 yoshli A.Z. boshqaruvidagi Nexia-3 va 25 yoshli B.N boshqaruvidagi Matiz to‘qnashdi.

Nexia-3 yo‘lovchisi 24 yoshli M.T. jarohat olib, tibbiyot muassasasiga olib borilgan. Ushbu mashina haydovchisi esa shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etgan

Matiz haydovchisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.


IIBBning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, YTHning kelib chiqishiga Nexia-3 haydovchisi belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanib boshqaruvni yo‘qotganligi va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib boshqa mashina bilan to‘qnashganligi sabab bo‘lgan.

Mazkur fakt bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.