21 aprel kuni Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan kafelardan birida mast holatdati ikki kishi hisobni to‘lamasliklarini aytib, kafe ishchisini do‘pposlagan, deya xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Hodisa soat 18:30 larda 35 yoshli D.V amakivachchasi 46 yoshli D.B bilan Olmazor tumani Qora-Qamish ¼ dahasida joylashgan kafeda mast holatda hisobni to‘lamasliklarini aytgan. Ular kafe ishchilarini haqorat qilib, oshxona pichog‘i bilan qo‘rqitgan. Kafe ishchisi bo‘lgan 45 yoshli L.A. ni urib do‘pposlashgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan D.V va D.B larga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b,v» bandlari (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.