Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bosh boshqarmasi avgust oyida Toshkent shahrida ishga tushirilgan onlayn rejimida ishlovchi statsionar radarlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Avgustda yo‘llarda onlayn rejimida ishlovchi 14 statsionar radar paydo bo‘lgan. Ularning barchasi Olmazor tumanida o‘rnatilgan.

Foto: YHXX axborot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 2020 o‘tgan yilning oktabr oyida poytaxt chorrahalariga o‘rnatilgan videokameralar uchun dasturiy ta’minot litsenziya muddati tugadi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish boshqarmasi. Hokimlik kameralarni qayta ishga tushirish uchun AutoCon tizimini mahalliy ishlab chiqaruvchidan 1,1 mlrd so‘mga sotib olishi rejalashtirilgan.

2020 yilning dekabr oyida tadbirkorlarga 2021 yil 1 martdan boshlab avtomobil yo‘llarida foto va video fiksatsiya vositalarini o‘rnatishga ruxsat berilishi ma’lum bo‘ldi. 2021−2022 yillarda respublika bo‘yicha jami 3356 ta intellektual videokamera va 763 ta statsionar radar, jumladan, Toshkentda jami 2574 ta foto va video registrator o‘rnatilishi rejalashtirilgan.