Bugun Olmazor tumani hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Olmazor tumani hokimi lavozimiga Azizxon Umarxonov nomzodini Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tavsiya etdi.

Azizxon Umarxonov 2000 yilda IIV akademiyasini tamomlagan va shu yillar davomida tizimda samarali faoliyat yuritgan.

U 2020 yildan shu kunga qadar Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Olmazor tumani sobiq hokimi Abdumajid Mullajonov 51 yoshda vafot etgan edi.