Ziyodullo Fayzullo o‘g‘li Sa’dullayev Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari — “Yoshlik” shaharchasi hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sa’dullayev Ziyodullo 1987 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.

Foto: Olmazor tumani hokimligi.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi raisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi apparati boshlang‘ich tashkilotlarida yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelgan.