Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov 17 dekabr kuni o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.
25 noyabr kuni Navoiyda Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari ishtirok etib, tadbirkorlik va xizmatlar sohasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy infratuzilma masalalari bo‘yicha Normat Tursunov taqdim etgan loyihalar bilan tanishdi va tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Tarmoqlarda 2 nafar shaxsning Navoiy viloyat hokimiyati binosi oldida to‘pponchadan o‘q uzgan videosi tarqaldi. IIV video aslida avgust oyida tasvirga olingani va tartibbuzarlarning biri maktab o‘quvchisi ekanini ma’lum qildi. Hozirda tergov oldi surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Navoiy shahridagi koloniyalardan birida 2018 yilda 15 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum etilgan erkak o‘z joniga qasd qildi. Holat yuzasidan shahar maxsus prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv ishlarini boshladi.
Tarmoqlarda Navoiydagi kasb-hunar maktabida 2 o‘quvchi qizning raqsi aks etgan video tarqaldi. Oila va xotin-qizlar boshqarmasi raqsning «o‘zbek millatiga munosib emasligini» aytdi. O‘quvchilarning ota-onalari jarimaga tortildi.
Navoiy viloyatida qiymati 3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 30 dona AntMiner T19 mayning qurilmasini o‘g‘rilagan ikki shaxs qo‘lga olindi. Hozirgacha 13 ta qurilma topilgan.
Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining muharriri, jurnalist Ruxsora Karimova avariyaga uchrab, vafot etdi. Baxtsiz hodisa junalist ish yuzasidan Toshkent shahriga kelayotganda yuz bergani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda navoiylik tiktoker o‘zining ikkita Pitbull zotli itiga daydi mushukni talatib, buni suratga olgani aks etgan videolar tarqaldi. Viloyat IIB tiktoker shaxsi aniqlangani va u ikkita modda doirasida ma’muriy javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.
Uchko‘prik tumani hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U mazkur lavozimda Sa’dullo Istamovning o‘rnini egalladi.
Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi Sayfiddin Nizomov maktab o‘quvchilarini kerak bo‘lsa urish mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «avval o‘qituvchilar bolalarni kaltaklashgan va bu uni hozirgacha kelishiga yordam bergan». Tuman hokimligi matbuot xizmati «ijtimoiy tarmoqlarda vaziyat boshqacha talqin qilinganini» ma’lum qildi.
Karmana tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Tohir O‘rinov hamda Navoiy viloyati hokimligi kotibiyat mudiri Maqsud Nurullayev bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari viloyat kengashida deputatlik qiladi. Ularning deputatlikdan ketish bo‘yicha arizasi olingan bo‘lsa-da, hanuz kengashga a’zoligicha qolmoqda. Buni «saylov kodeksiga zidligini bilamiz», deya izohladi hokimiyat matbuot xizmati rahbari Bektemir Pirnafasov. Uning so‘zlariga ko‘ra, «bu holat faqat Navoiy viloyatida emas, balki har bitta viloyatda kamida 2−3 tadan bor».
Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Nevrologiya bo‘limi mudiri bemor bolaning onasini kasallik varaqasini berish evaziga jinsiy aloqa qilishga majburlab kelganlikda gumonlanib, hibsga olingandi. Mazkur voqea ortidan xodimlari ustidan yetarli nazorat o‘rnatmagani uchun tibbiyot markazi direktori ishdan bo‘shatildi.
Juma kuni Navoiydagi «Yangi hayot» savdo majmuasida 52 yoshli fuqaro 3 yoshli nabirasi bilan 5 va 4 qavat oralig‘idagi eskalatorda muvozanatni yo‘qotib, 1 qavatga tushib ketdi. Erkak voqea joyida vafot etdi, bolakay esa shifoxonaga yotqizildi.
To‘dako‘l suv havzasida qora niqobdagi nazoratchi inspektorlar va baliqchilar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Viloyat IIB formadagi shaxslar «Ichki ishlar xodimi emasligi va egnidagi libosi, vazirlik shevroni hamda rezina tayoqlarni qayerdan olgani» o‘rganilayotganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan JKning bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Konimex tumanida noqonuniy tarzda oltin qazib olayotgan 5 nafar buxorolik qum bosib qolishi oqibatida vafot etgan. Ta’kidlanishicha, ular qum ostida 10 kundan ko‘proq qolib ketishgan.
Navoiy viloyati Konimex tumani Lolazor nomli cho‘l hududida bir guruh fuqarolar tuproq tarkibidan tilla qumlarini kavlab olish vaqtida 4 nafar fuqaro qum bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Navoiy viloyatidagi YTHda halok bo‘lgan 3 nafar bank xodimi “yuqori turuvchi rahbarlar bergan topshiriqlarni bajarish uchun dam olish kuni ishga jalb qilingani” aytilmoqda. Mehnat vazirligi holatni o‘rganishni boshladi.
Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda. Aprel oyida prezident videoselektor yig‘ilishida Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari hokimlariga hayfsan bergan edi.
Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Ularning 3 nafari Xalq bankining Nurota filiali boshqaruv xodimlari ekani aytilmoqda. Shuningdek, viloyatda sodir bo‘lgan boshqa bir YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi. Hodisaga qum bo‘roni ko‘rinishni cheklaganligi va oraliq masofa saqlanmaganligi sabab bo‘lgan.
Navoiy viloyatida ikki yoshli farzandini sotishga uringan samarqandlik er-xotin qo‘lga olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting