17 dekabr kuni Oliy Majlis Senatida Navoiy viloyatidan bo‘shab qolgan o‘rin uchun saylov bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev ishtirok etdi.

To‘g‘ridan to‘g‘ri, teng va yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirilgan saylov natijalariga ko‘ra, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.

навоий viloyati, нормат турсунов

Foto: chapda Normat Tursunov/UzA

Ma’lumot uchun, Normat Tursunov nomzodi joriy yilning 22 noyabr kuni xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasida viloyat hokimi lavozimiga ma’qullangandi.