Ijtimoiy tarmoqlarda 9 oktabr kuni Navoiy shahar 5-mintaqaviy hudud 4-son jazoni ijro etish koloniyada mahkum vahshiylarcha o‘ldirilgani aytilgan xabar tarqatildi. Navoiy viloyati prokuraturasi mazkur xabarlarga izoh berdi.

Aniqlanishicha, u 7 oktabr kuni soat taxminan 1:35 larda koloniya intizomiy bo‘limidagi xonada kiyimidan arqon yasagan holda temir karavotning metall qismiga o‘zini osib qo‘ygan.

Mazkur shaxs 2018 yil iyul oyida Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 97-moddasining «l» bandi (bezorilik oqibatida qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topilib, 60- (bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash), 61-moddalari (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) bilan aybdor deb topilib, unga 15 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Bungacha u to‘rt marta sudlangan edi.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.