Islomiddin Norimov Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Norimov 1991-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2015-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutining bakalavr bosqichini, 2021-yilda Janubiy Koreyaning Seul universiteti magistratura bo‘limini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Axborot-tahlil bosh boshqarmasi axborot ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, vazirlikning Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i sifatida ham ish olib borgan.

Avvalroq Akramjon Abduxamidov Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani ma’lum qilingandi.