Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida soxta pul tayyorlash va o‘tkazishda gumonlanayotgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Navoiy viloyati IIB ma’lumotlariga ko‘ra, ular nominal qiymati 200 ming so‘m bo‘lgan qalbaki kupyuralarni chop etgan. Ular 400 mln soxta pulni haqiqiy 160 mln so‘mga almashtirayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.