Navoiy viloyati Karmana tumanida o‘quvchilar dars vaqtida cho‘milishga borgani va ulardan biri cho‘kib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bir o‘quvchi vafot etganini tasdiqladi.

Keltirilishicha, o‘quvchilar 30-maktabning 6-sinfida tahsil oladi.

“Boshqarma jamoasi mazkur baxtsiz voqea oqibatida vafot etgan o‘quvchining oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi”, — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Boshqarma uning natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berishini bildirdi.