Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanining To‘dako‘l suv havzasi bo‘yida 31-avgustdan 2-sentabrgacha o‘tkazilishi kutilayotgan “Stixiya” festivali jamoatchilikning salbiy fikrlari va muhokamalariga sabab bo‘lmoqda. Ularda asosan o‘tgan yilgi festival qatnashchilarining “manaviyatga zid” kiyimlari va harakatlari tanqid qilinmoqda.

Navoiy viloyati hokimligi bu bo‘yicha munosabat bildirib, viloyat rahbariyati ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan va e’tirozlarga sabab bo‘layotgan mazkur jarayonga befarq emasligini, “ma’naviyatimizga zid, mentalitetimizga xos bo‘lmagan” har qanday tadbirga qarshi ekanligini bildirdi.

“Shu bois, „Stixiya“ festivalini o‘tkazuvchi „Unidentified Projects Company“ MCHJ rahbariyati viloyat hokimligi tomonidan yuqorida qayd etilgan holatlar sodir etilmasligi bo‘yicha rasman ogohlantirilgan va ushbu MCHJ rahbariyatidan viloyat hokimining nomiga mazkur festival doirasida ma’naviyatimizga zid bo‘lgan holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha kafolat xatlari olingan”, — deyiladi rasmiy munosabatda", — deyiladi rasmiy munosabatda.

навоий viloyati, стихия

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Qayd etilishicha, mazkur festival uchun mahalliy budjetdan mablag‘ sarflanmagan, barcha xarajatlar tashkilotchi tomonidan qoplangan.