Ijtimoiy tarmoqlarga niqob taqqan ikki nafar shaxsning Navoiy viloyati hokimiyat binosi oldida quroldan o‘q uzganligi aks etgan videolar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi holatga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yuzi niqob bilan yashiringan ikki yigitning quroldan o‘q uzgan videosi ko‘plab norozilik va muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Video aslida joriy yilning avgust oyida tasvirga olingan bo‘lib, 7 noyabr kuni internetga yuklangan.

«Maqsad yomon emas edi. Shunchaki qiziqib, ko‘rgan videolarimizga taqlid qilib shunday qildik», — deydi tartibbuzarlardan biri.

Shuningdek, ular videoni tasvirga olish uchun maxsus niqob tikkani ham aytib o‘tildi.

Holat yuzasidan jamoat tartibini buzgan shaxsning maktab rahbariga murojaat qilinganda, u namunali, darslarda doim faol qatnashadigan o‘quvchi ekani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda tergov oldi surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.