«navoiy viloyati» tegli maqolalar


Navoiyda maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi Matiz YTHga uchradi. Ikki bola halok bo‘ldi
27 aprel 2024, 11:24

Navoiyda maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi Matiz YTHga uchradi. Ikki bola halok bo‘ldi

Navoiy viloyatida Matiz avtomashinasida uch nafar maktab o‘quvchisi YTHga uchradi. Ulardan ikki nafari voqea joyida vafot etdi, biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.

“Bu ma’lumotlarning chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”. Navoiy IIB — “sharmanda doskasi” haqida
8 fevral 2024, 09:57

“Bu ma’lumotlarning chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”. Navoiy IIB — “sharmanda doskasi” haqida

Navoiy viloyati IIB jinoyat sodir etganlarning suratlari tushirilgan “sharmanda doskasi” mahallalarda joriy etilishiga yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi. Avvalroq ombudsman bu amaliyot inson huquqlariga zid ekanini bayon qilgandi. Bunday suratlarni joylashtirish 2021-yilda hukumat tomonidan tasdiqlangan.

Navoiyda 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi
26 dekabr 2023, 16:04

Navoiyda 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi

Odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyati uchun Navoiy shahridagi koloniyada saqlangan 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi. Ombudsman matbuot xizmati u ruhiyatida o‘zgarishi bor mahkumlar ro‘yxatida turgani, “noodatiy xatti-harakatlari” sababli o‘limidan bir kun avval alohida saqlana boshlaganini bildirdi.

14 yildan beri Tomdi tumaniga hokimlik qilib kelgan Kayrat Aldabergenov lavozimidan ozod etildi
24 dekabr 2023, 23:51

14 yildan beri Tomdi tumaniga hokimlik qilib kelgan Kayrat Aldabergenov lavozimidan ozod etildi

2009-yildan beri Navoiy viloyati Tomdi tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Kayrat Aldabergenov lavozimidan ozod etildi.

Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
7 noyabr 2023, 11:53

Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Adliya katta maslahatchisi Azamat Mirzayev Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Sobiq viloyat prokurori Baxtiyor Ahmedov Bosh prokuratura boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘ldi.

Navoiy viloyatida ro‘y bergan YTHda 3 kishi halok bo‘ldi
27 sentabr 2023, 15:22

Navoiy viloyatida ro‘y bergan YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

Uchquduq tumanida Nexia haydovchisi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, boshqa Nexia bilan to‘qnashdi. Uch nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan, ikkala haydovchi ham jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

“Kafolat xatlari olingan”. Navoiy viloyati hokimligi tanqidlarga uchrayotgan “Stixiya” festivali haqida
31 avgust 2023, 14:20

“Kafolat xatlari olingan”. Navoiy viloyati hokimligi tanqidlarga uchrayotgan “Stixiya” festivali haqida

Navoiy viloyatida o‘tkaziladigan “Stixiya” festivali tanqidlarga uchragani ortidan viloyat hokimligi munosabat bildirib, mentalitetga xos bo‘lmagan har qanday tadbirga qarshi ekanini ma’lum qildi. “Ma’naviyatimizga zid bo‘lgan holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha kafolat xatlari olingan”, — deyiladi unda.

Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
16 avgust 2023, 17:17

Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Jamshid Xodjayev Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. U 2015 va 2020-yillarda ushbu viloyatdan senator etib saylangan.

Navoiyda ayol qiz farzandini 90 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi
16 avgust 2023, 11:24

Navoiyda ayol qiz farzandini 90 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi

Navoiy viloyatida ayol 2023-yilda tug‘ilgan qizini 90 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi. Holat yuzasidan “Odam savdosi” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Navoiy viloyatida 400 mln so‘mlik soxta pullar musodara qilindi
10 avgust 2023, 20:24

Navoiy viloyatida 400 mln so‘mlik soxta pullar musodara qilindi

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida bir guruh shaxslar soxta pul ishlab chiqarish bilan shug‘ullangani ma’lum qilindi. Ular 400 mln so‘mlik soxta pullarni sotmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olindi.

5 yil oldin Turkiyada diniy ma’ruzaga “klass” bosgan navoiylik ayolning ozodligi 3 yilga cheklandi
12 iyun 2023, 18:05

5 yil oldin Turkiyada diniy ma’ruzaga “klass” bosgan navoiylik ayolning ozodligi 3 yilga cheklandi

“Odnoklassniki.ru” sahifasida taqiqlangan diniy ma’ruzaga “klass” bosgan navoiylik ayolga 3 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. 57 yoshli ayol bu harakatni 5 yil oldin Turkiyada muhojir bo‘lib ishlab yurgan paytda sodir etgan.

Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
2 may 2023, 12:35

Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarmasida ishlab kelgan Islomiddin Norimov Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov senator etib saylandi
17 dekabr 2022, 16:45

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov senator etib saylandi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov 17 dekabr kuni o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.

Prezident Navoiy viloyatini rivojlantirish bo‘yicha qanday topshiriqlar berdi?
25 noyabr 2022, 16:57

Prezident Navoiy viloyatini rivojlantirish bo‘yicha qanday topshiriqlar berdi?

25 noyabr kuni Navoiyda Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari ishtirok etib, tadbirkorlik va xizmatlar sohasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy infratuzilma masalalari bo‘yicha Normat Tursunov taqdim etgan loyihalar bilan tanishdi va tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Navoiyda ikki yigitning hokimiyat binosi oldida to‘pponchadan o‘q uzgan videosi tarqaldi
9 noyabr 2022, 21:48

Navoiyda ikki yigitning hokimiyat binosi oldida to‘pponchadan o‘q uzgan videosi tarqaldi

Tarmoqlarda 2 nafar shaxsning Navoiy viloyat hokimiyati binosi oldida to‘pponchadan o‘q uzgan videosi tarqaldi. IIV video aslida avgust oyida tasvirga olingani va tartibbuzarlarning biri maktab o‘quvchisi ekanini ma’lum qildi. Hozirda tergov oldi surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Navoiydagi koloniyada 15 yilga hukm qilingan erkak o‘zini osib qo‘ydi
10 oktabr 2022, 11:20

Navoiydagi koloniyada 15 yilga hukm qilingan erkak o‘zini osib qo‘ydi

Navoiy shahridagi koloniyalardan birida 2018 yilda 15 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum etilgan erkak o‘z joniga qasd qildi. Holat yuzasidan shahar maxsus prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv ishlarini boshladi.

Ikki qizning ota-onasi ularning «o‘zbek millatiga munosib bo‘lmagan» raqsi uchun jarimaga tortildi
30 sentabr 2022, 16:20

Ikki qizning ota-onasi ularning «o‘zbek millatiga munosib bo‘lmagan» raqsi uchun jarimaga tortildi

Tarmoqlarda Navoiydagi kasb-hunar maktabida 2 o‘quvchi qizning raqsi aks etgan video tarqaldi. Oila va xotin-qizlar boshqarmasi raqsning «o‘zbek millatiga munosib emasligini» aytdi. O‘quvchilarning ota-onalari jarimaga tortildi.

Navoiyda 3,2 mlrd so‘mlik 30 dona mayning qurilmasi o‘g‘rilab ketildi
1 avgust 2022, 11:04 1

Navoiyda 3,2 mlrd so‘mlik 30 dona mayning qurilmasi o‘g‘rilab ketildi

Navoiy viloyatida qiymati 3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 30 dona AntMiner T19 mayning qurilmasini o‘g‘rilagan ikki shaxs qo‘lga olindi. Hozirgacha 13 ta qurilma topilgan.

Navoiylik jurnalist Ruxsora Karimova YTHda halok bo‘ldi
14 iyul 2022, 16:36

Navoiylik jurnalist Ruxsora Karimova YTHda halok bo‘ldi

Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining muharriri, jurnalist Ruxsora Karimova avariyaga uchrab, vafot etdi. Baxtsiz hodisa junalist ish yuzasidan Toshkent shahriga kelayotganda yuz bergani aytilmoqda.

Navoiylik tiktoker daydi mushukni itlariga talatdi
11 iyun 2022, 13:51 1

Navoiylik tiktoker daydi mushukni itlariga talatdi

Ijtimoiy tarmoqlarda navoiylik tiktoker o‘zining ikkita Pitbull zotli itiga daydi mushukni talatib, buni suratga olgani aks etgan videolar tarqaldi. Viloyat IIB tiktoker shaxsi aniqlangani va u ikkita modda doirasida ma’muriy javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting