Namangan shahrida 20 yoshli yigit boshqaruvidagi Lacetti katta tezlikda reklama ustuniga borib urilishi oqibatida, haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Sevimli telekanalining «Zamon» axborot dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 8 fevral kuni soat 23:50 da Namangan shahridagi Islom Karimov ko‘chasida sodir etilgan. Xabarga ko‘ra, haydovchi mashinani soatiga 130−140 kilometr tezlikda boshqarib kelayotgan bo‘lgan.

Haydovchi va ikki nafar 19 yoshli yo‘lovchi olingan tan jarohatlari oqibatida ularning barchasi voqea joyida vafot etgan.