Namanganda bir kunda sodir bo‘lgan ikkita YTHda ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

3 avgust kuni soat 17:50 larda To‘raqo‘rg‘on tumani Yangihayot MFY ichki yo‘lida Tracker rusumli avtomashinani boshqarib borayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan olti yoshli piyodani urib yuborgan.

Natijada jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Xuddi shu kuni soat 21.30larda Pop tumani Tepaqo‘rg‘on mahallasi hududida Moskvich-412 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Natijada Nexia haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.