26 iyul kuni Namangan shahrida Cobalt va Damas rusumli tez yordam mashinalari ishtirokida yuz bergan avtohalokat oqibatida bir nafr fuqaro vafot etdi va ikki kishi jarohatlandi, deya xabar berdi Namangan viloyati IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, maxsus stiker orqali harakatlanayotgan Cobalt avtomashinasi haydovchisi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay qarama qarshi tomondan kelayotgan Damas rusumli tez yordam mashinasiga borib urilgan.

YTH natijada tez yordam avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan bir nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olib ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan. Cobalt haydovchisi ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi bilan shikastlangan. Tez yordam haydovchisi esa og‘ir qo‘shma shikast, bosh miya yopiq shikasti, o‘ng oyoq son suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgani ma’lum qilinadi.

«Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.