Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi. Bunda chegaraga daryo o‘zanlari, ularning sohilbo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalari kiradi.
Sirdaryo daryosining Bekobod tumanidan o‘tgan hududida qum-shag‘al aralashmalari qazib olinayotgani aniqlandi. Buning ortidan tabiatga 87 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetdi, 3 ta yuk mashinasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.
1-maydan Sirdaryo daryosi o‘zanidagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. Bundan tashqari, noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
O‘zbekistonda 1 iyuldan boshlab tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo turlarini joriy etishga 3 yillik moratoriy o‘rnatiladi. Savdo qoidalarini buzishni dekriminallashtirish rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev poytaxt bosh reja tasdiqlanmaguncha yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinishini aytdi. Bundan tashqari, 2023 yilda Toshkent shahrining yashillik darajasini 28 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligida 51 tup daraxt noqonuniy kesib ketildi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 560 mln so‘m zarar etkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.
Yangihayot tumani Yo‘ldosh mavzesida avariya holatidagi yog‘och uylarda 15 mingdan ziyod aholi yashaydi. 5000 ta ulkan chinor va eman daraxtlari tufayli ularni ko‘chirish kechikmoqda. Hokimlik muammoni qanday hal qilishni rejalashtirayotgani va aholining bu yerdagi hayot haqidagi fikrlari — «Gazeta.uz» reportajida.
Deputat Rasul Kusherbayev tadbirkorlarga ajratilgan hududlardagi devorlar bilan o‘ralgan 5 mingta daraxt kesilish xavfi ostida ekanini ma’lum qildi. U moratoriyga rioya etilmayotgani bois hokimlarning bunday yer uchastkalarini ajratish to‘g‘risida qarorlarini bekor qilishga chaqirdi.
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari 48 tup archa, 9 tup shumtol va 30 tupdan ortiq mevali daraxt noqonuniy kesib tashlagani aniqlandi. Ekoqo‘mita bu orqali o‘simlik dunyosiga 856,5 mln so‘m zarar yetkazilganini ma’lum qildi. Hujjatlar to‘planib, prokuraturaga yuborildi.
Toshkentda ko‘chani kengaytirish va «obodonlashtirish» bo‘yicha qabul qilingan navbatdagi qaror natijasida 100 ga yaqin ko‘p yillik daraxtga zarar yetkazildi. Jamoatchilik noroziligidan so‘ng loyiha qayta ko‘rib chiqildi, ammo ba’zi daraxtlar qurib qolishi mumkin.
Moratoriy e’lon qilinganiga qaramay Qo‘qon shahrida fuqaro ruxsatsiz 3 tup chinor daraxtini kesib tashlagani aniqlandi. Davlat ekologiya qo‘mitasi buning oqibatida tabiatga 103 mln so‘mdan ko‘proq zarar yetkazilganini ma’lum qildi.
Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 64 tup qarag‘ay daraxti noqonuniy ravishda tag qismidan kesib, olib ketilgani aniqlandi. Davlat ekologiya qo‘mitasi buni qilgan fuqaro 1 mln 350 ming so‘m jarimaga tortilgani va o‘simlik dunyosiga 1 mlrd 575 mln so‘m zarar yetkazganini ma’lum qildi.
3 fevral kuni poytaxtning Yunusobod tumanida tadbirkor qurilish uchun sotib olgan yer uchastkasida o‘sayotgan daraxtlarni tag qismidan betonlab tashlagandi. Yunusobod tuman prokuraturasi ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Gumonlanuvchilar maksimum 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Poytaxtning Yunusobod tumanida tadbirkor qurilish uchun sotib olgan yer uchastkasida o‘sayotgan daraxtlarni tag qismidan betonlab tashladi. Bunga qadar 10 ta daraxt yarmigacha, keyinchalik ularning 4 tasi to‘liqligicha kesib ketilgandi. Daraxtlarni himoya qilishga uringan aholi va tadbirkor o‘rtasida mojaro kelib chiqdi.
Andijon viloyatining Asaka tumanida xususiy korxona tomonidan 10 tup ko‘p yillik daraxt kesib tashlandi.
Toshkentda niqobdagi noma’lum shaxslar dekabr oyidan buyon ikkinchi marta archa daraxtlarini kesib tashlashga urinishdi. Uchastkani auksionda sotib olgan tadbirkor daraxtlarning ko‘chirilishiga rad javobini bergan ekologlar ustidan shikoyat qildi.
1 apreldan boshlab daraxtlarni noqonuniy tarzda kesish holatlari tasvirlangan foto va videolarni birinchi bo‘lib yuborgan shaxslarga BHMning bir baravari (270 ming so‘m) miqdorida pul mukofoti to‘lab beriladi. Huquqbuzarlik haqida xabar berganlarning ma’lumotlari oshkor qilinmaydi.
Prezident farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirildi. Jarimalar besh baravarga, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori esa ikki baravarga oshirildi. Qolaversa, daraxtlarni har qanday holatda kesish yoki yo‘q qilish to‘g‘risida hukumat farmoyishlari va hokimlar qarorlarini qabul qilish taqiqlandi.
2020 yil fevral oyida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi 81 tup daraxt kesilgani uchun quruvchidan qariyb 2 milliard so‘m undirilgan edi. Departament bu pullarni Ekologiya davlat qo‘mitasiga o‘tkazishi kerak edi, biroq haligacha o‘z hisobida saqlab kelmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qildi. Biroz vaqt o‘tgach, u o‘z postini o‘chirib tashladi.
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hokimi Dilfuza O‘rolova bir kunning o‘zida (4 oktabr) 866 tup daraxtni kesishga oid 12 ta qarorni imzoladi. Daraxtlar zararkunandalar va iqlim ta’siri oqibatida qurib qolgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan tuman hokimligi va Davlat ekologiya qo‘mitasi munosabat bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting