Andijon viloyati Asaka tumanidagi Amir Temur mahallasi hududida xususiy korxona tomonidan 10 tup daraxt kesib tashlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati.Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirkor mazkur hududdagi daraxtlarni xususiy korxona rahbariyati tomonidan daraxtlarni kesishga ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilmagan.

Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda. Mazkur qonunbuzarlik holati natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot berib boriladi.

Foto: Kun.uz.

Kun.uz ma’lumotlariga ko‘ra, daraxtlar orasida, kashtan, archa va eldor qarag‘aylari ham bo‘lgan

Yanvar oyi o‘rtalarida «Gazeta.uz» Andijon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan viloyat perinatal markazi hududidagi 12 tup daraxt kesib tashlangani haqida xabar qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 30 dekabrdagi farmoni bilan mamlakatda daraxtlarni kesishga muddatsiz moratoriy e’lon qilindi. Shunga qaramay, daraxtlarni noqonuniy kesish holatlari davom etmoqda.