Yo‘ldosh-3 mavzesidagi 54-sonli yog‘och uyning hovlisida tinchlik hukm surmoqda. Shu yerda istiqomat qiluvchi Zulxumor opa bilan suhbatimizga faqat keksa daraxtlar barglarining shitirlashi aralashadi. Ayol ko‘chib o‘tishni juda xohlaydi, chunki uning uyi janub tomonga qiyshayib qolgan.

«Men har lahzada pol ostiga tushib ketishim mumkin», — deydi u tos va unda cho‘milayotgan odamning og‘irligidan chirigan taxtalar ustida zo‘r-bazo‘r turgan vannasini ta’riflar o‘z vannasini tariflar ekan.

Zulxumor opa tuman hokimi Hayot Inog‘omovning daraxtlarni kesishga moratoriy joriy etilgani sababli yog‘och uylarda yashayotgan aholini ko‘chirish kechikayotgani haqidagi bayonotidan xabardor. Biroq gap mavze ichida kamdan-kam uchraydigan katta daraxtlar haqida gapirayotganiga ishonchi komil.

«Men «Quyoshli shaharcha»da (hududdagi suv ko‘ngilochar majmuasi — tahr.) ishlayman. Ichkarisida chinorlar bor. U qurilayotganda daraxtlarga hech kim tegmagan. Shuning uchun katta daraxtlarga tegmasdan qurish mumkin, — deya ishonch bildiradi ayol. — Hovlilarda esa asosan mevali daraxtlar o‘sadi».

Foto: Madina A’zam / «Gazeta.uz».

54-uydan yuz metrlar narida qurilish maydonchasida bolg‘alar taqir-tuquri eshitiladi. U yerda ko‘p qavatli turar-joy binosi bunyod etilmoqda. Kulrang qurilish panjarasi tubidan o‘tgan piyodalar yo‘lagi ortida osmonga bo‘y cho‘zib turgan azim chinor negadir hech narsaga xalaqit bermaydi. Daraxt tojini o‘z nomi bilan atalgan ko‘cha — Chinor uzra yoygan. Uzun bo‘yli daraxtlarning baland shoxlari yo‘l bo‘ylab bir-biriga bog‘lanib, xiyobonni tashkil qiladi. Bu joylar 2009 yilda qirg‘in qilingan Amir Temur xiyobonini eslatib yuboradi.

Yog‘och uy muqimlaridan biri, 87 yoshli G‘ulomojjon Kenjayevning xotiralariga ko‘ra, 1966 yilda Yo‘ldosh mavzesi paydo bo‘lgan hudud botqoq joylar bo‘lgan. Chinor va emanlarni yangi mavze quruvchilari va yangi tuman aholisi tomonidan ekilgan. G‘ulomjon Kenjayevning o‘zi ham «o‘rmon» barpo etishda qatnashib, hovlisiga gullar o‘tqazgan, panjara bo‘ylab esa jonli devor ekib chiqqan. U, ko‘plab keksalar singari, yashashga yarab turgan bu kulba uchun sabr qiladi, biroq yoshlar hozirgi hayot sharoitlari haqida qayg‘u bilan gapiradi.

«Hozir uch xonali kvartiramizda to‘rtinchi avlod voyaga yetmoqda, — deydi G‘ulomjon Kenjayevning kelini Xovajon Sharipova, — oilada olti kishimiz, joy juda kam, olomonga majburmiz. Tor xonalarda tiqilib yashaymiz, hojatxonaga navbat kutiga majburmiz. Hatto uyimizga mehmon ham chaqira olmayman, ularni kutishga joyimiz yo‘q».

Ayol bu yerga 1986 yilda ko‘chib kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yog‘och kottejlarda yashash yomon emas edi, ayniqsa yozning jaziramasida va qattiq sovuqda. Ammo tor va vayronagarchilikdan tashqari, yog‘och uylarda yashash xavfsiz emas. Ular juda tez alangalanadi, shifer tomi esa yong‘inni o‘chirishni qiyinlashtiradi.

Foto: Madina A’zam / «Gazeta.uz».

«Yong‘inlar turli sabablarga ko‘ra: aholining ehtiyotsizligi yoki baxtsiz hodisa sababli yuzaga kelgan. Yong‘in bir zumda butun uyni qamrab oldi va o‘t o‘chiruvchilar uni o‘chira olmadi. Bunday yong‘inlar paytida bir-ikki bo‘lak yog‘och parchasi odamlari bilan yonib ketdi. Ularni qutqarib qolishning iloji bo‘lmadi, ichkariga qolib ketishdi», — deydi Xovajon Sharipova.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yog‘och uylarning barchasida suv isitgichlari o‘rnatilgan, chunki bu yerda issiq suv ta’minoti mavjud emas. Isitish tizimi, ayolning so‘zlariga ko‘ra, yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, ammo tizim ba’zan ishdan chiqib turadi.

«Yog‘och uylari muqimlarining ko‘plab „ijarachilari“ bor — ular taxta kanalari, suvaraklar, sichqonlar», — deydi shu yerdagi matbuot do‘koni sotuvchisi Lyubov. — Menda taxtakanalarga qarshi allergiya paydo bo‘ldi. Kechasi havo yetishmasligidan uxlab bo‘lmaydi. Bozordan sotib olingan [hech qanday vosita] yordam bermaydi. Xizmatni qo‘ng‘iroq qilib chaqirishga to‘g‘ri keldi. Ikki xonali kvartira uchun bizdan deyarli 600 ming pul olishdi. Ammo, ko‘rdingizmi, ulardan qutulishning iloji yo‘q. Taxtakanalar yog‘ochni yaxshi ko‘radi. Bu suyuqlik devorlarda turar ekan, ular tashqariga chiqmaydi. Keyin yana chiqadi".

9-kvartaldagi Xurshida Xudaynazarova ham xuddi shunday muammo bilan yashamoqda. Aerozollar va kvartira bo‘ylab qo‘yib chiqilgan sichqon qopqonlari — farzandlari uchun katta xavf.

«Biz bu yerga 2015 yilda ko‘chib kelganmiz, — deydi ayol. — Dastlabki besh yil davomida bu yerda to‘liq insoniy sharoitda yashash mumkin edi. Keyin uyimiz to‘kilishni boshladi: quvurlar chirishni, pollar yorilib, o‘pirilishni boshladi, tomdan esa yog‘ingarchiliklar vaqtida doimiy ravishda suv tomchilab turardi. Keyin u butunlay teshildi, bir tomonga qiyshaydi. Biz uni yog‘och taxtalar bilan yamashga harakat qildik, lekin bu qancha chidashini bilmaymiz. Biz uy bo‘ylab yurishdan qo‘rqamiz, chunki u ana-mana ustimizga qulab tushadiganga o‘xshaydi».

Yog‘och uylardagi kvartiralar narxining arzonligi va kelajakda «snos»dan keyin yangi uy olish imkoniyati ko‘pchilik uchun bu yerdan ko‘chmas mulk sotib olishga sabab bo‘lgan. Mahalliy aholidan biri Tatyana Pisarenko bu yerga 2013 yilda Toshkentning Chilonzor tumanidan ko‘chib kelgan. Endi ayol ko‘chib o‘tishni kutmoqda.

Tatyana Pisarenko. Foto: Madina A’zam / «Gazeta.uz».

«Uylar allaqachon chayqalyapti. Ularni buzish vaqti kelgan, — deydi u. — Yoz o‘rtasida bizni mahalla qo‘mitasiga chaqirishdi, aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazishdi. Menga ma’lum bo‘lishicha, 80 foiz ovoz beruvchilar «snov»ni yoqlab chiqqan. Bizdan yangi qurilgan uylardan kvartira yoki pul olishni xohlashimizni ham so‘rashdi. Ko‘chish haqidagi xabarni eshitib xursand bo‘lgan edik».

«Yog‘och uylar buzilishi haqida 30 yil avval, bu yerga ko‘chib kelganimizda aytishgandi, — deb eslaydi mavzu muqimlaridan 77 yoshli Boris Raximov. — Bu yerdan ko‘chib ketish juda qiyin. Bu yerda doimo tinchlik va osoyishtalik hukm suradi. Shuning uchun, kapital ta’mirlashga arziydi va yog‘och uylar hali ko‘p turib beradi».

Boris Raximov. Foto: Madina A’zam / «Gazeta.uz».

Gazeta sotuvchisi Lyubov ham ba’zi yog‘och uylarning holati chidab bo‘lmas darajada ekanini ta’kidlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy aholi orasida metro qurilishi chog‘ida buzib tashlangan uylarning taxtalari chirimagan, hatto smola hidi ham anqar ekan, degan mish-mish yuribdi.

Ko‘p aholi uy-joy mulkdorlari shirkatlariga majburiy badallarni to‘lamagani uchun vayron bo‘lgan uylar shunday holatga keldi, deb hisoblaydi Lyubov.


Foto: Huvaydo Ibragimova / «Gazeta.uz».

«Hamma pul berganida, uylar yaxshi holatda saqlanib qolardi. Ammo hozir ularni nimadir qilib bo‘ladi, deb o‘ylamayman».

Shu bilan birga, birinchi qavatlar aholisining ko‘chib ketishga unchalik ham ro‘yxushlik beravermasligiga ishonchi komil ayolning.

«Ularning tomorqachalari bor. Basseyn qurib olishgan, halinchak o‘rnatishgan, bolalar bilan sayr qilishlari mumkin. 16 qavatli binoda esa bularni qilishga kim ham ruxsat berardi? Biz ham shaharda yashardik. U yer shovqinli va iflos. Bu yerda hech bo‘lmaganda yashillik bor, odamlar dachalardagidek yashaydi. Shahardagi barcha ko‘llarni quritishdi, &mdash deydi u shahar rivojlanishidagi muvozanat haqida. &mdash Bu yoz biror marta ham bolalar bilan hovuzga borolmadik. Qimmat, basseynlarni yoqtirmayman ham. U yerda ilgari ko‘l bor edi. Biz u yerda sayr qilardik va u yerda uning izini ham topolmadik».

Biroq, Lyubov haqiqatan ham ko‘chib o‘tishni xohlaydi. Aholi faqatgina qiynayotgan noaniqlik va mavhumlikdan shikoyat qiladi. Va yangi uylarning qurilish sifatidan ham.

Foto: Huvaydo Ibragimova / «Gazeta.uz».

«Yo‘lning narigi tomonida (Qipchoq ko‘chasidan &mdash tahr.) uylar qurishdi, birovning devori quladi, birovning hammomi buzildi, degan gaplar qancha. Biz uni shunday quramiz. Bunday qurilishga ishonch yo‘q. Shuning uchun ko‘p odamlar bu buzilib tushadigan uydan ko‘ra eski usul yaxshiroq deb o‘ylashadi», &mdash deydi Lubov.

«Bilasanmi, bu yer qanchalar go‘zal edi? Odamlar bu yerga yozda muzlatkichga kelgandek kelishardi, &mdash deydi to‘rtinchi kvartalda yashovchi Valentina Savchenko. &mdash Uch yil avval bu yerdan daraxtlar olib ketilgan. Va kechasi ular arralashdi: ular chopishdi, olib tashlashdi, chopishdi, olib ketishdi. Hokimlikka shikoyat qilgani bordik, endi hech kimni daraxtlarga yaqinlashtirmayapmiz. Bunday go‘zallikni o‘ldirish mumkin emas. Monolit yangi binolar bloki o‘rniga bu joy sayilgohga aylantirilsa yaxshi bo‘lardi. Bu yerda bolalar o‘ynashar, kattalar esa dam olishardi. Biz yaqinroq joylarga ko‘chib o‘tishga rozimiz, faqatgina shu daraxtlarni saqlab qolish uchun».

Bolaligini Yo‘ldosh mavzesida o‘tkazgan jurnalist Nikita Makarenko «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida bugungi kunda bu joylar Toshkentning sun’iy yo‘ldosh tasviridagi eng yashil nuqta ekanligini ta’kidladi.

«Toshkentda yashil narsa qolmadi. Va u yerga borgan har bir kishi tushunib yetadiki, iqlim nuqtai nazaridan u yer butunlay boshqa shahar, u joyda mutlaqo boshqacha mikroiqlim hukmron, chunki Yo‘ldoshda doim soya bor. Daraxtlar butun mavzeni qoplab olgan», — dedi Nikita Makarenko.

Foto: Madina A’zam / «Gazeta.uz».

Uning fikricha, mavzening yangilanishi mavjud ekotizimga hurmat namunasiga aylanishi kerak. Ushbu loyihani oladigan ishlab chiquvchi bitta kvartalni ta’mirlash misolida fuqarolarga mahalliy aholining turmush sharoitini yaxshilash orqali ekotizimni qanday saqlash kerakligini ko‘rsatishi lozim, deb hisoblaydi Nikita Makarenko.

«Bu hududni ko‘p xonadonli, ko‘p qavatli uylar mavzesiga aylantirmaslik kerak, balki mana shunday ikki qavatli, shaharcha tipidagi uy-joylar qurish lozim. Chunki bitta yog‘och uyni buzib, o‘rniga aynan o‘shanday ikki qavatlisini qurish — menimcha, daraxtlar uchun muammo tug‘dirmaydi. Va bunday qurilish Yo‘ldoshda amalga oshirilgan ham — bu uylar tez-tez yonib turadi va hatto o‘sha uylar turgan joylarda yong‘in asoratlari bo‘lgan dog‘larni ko‘rishingiz mumkin, yongan uylar o‘rniga esa ba’zida do‘konlar, kafelar qurilgan va bu ekotizimga unchalik zarar yetkazmaydi».

Nikita Makarenko bunday ssenariy amalga oshirilsa, Yo‘ldosh poytaxtdagi eng qimmat ko‘chmas mulk joylashgan hududga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga egaligini taxmin qildi, chunki taunxauslar (kam qavatli turarjoy va boshqa ijtimoiy binolardan iborat shaharchalar — tahr.) aslida o‘rmonlar ichida joylashgan bo‘ladi.

Foto: Madina A’zam / «Gazeta.uz».

«Bunday loyihani amalga oshirish kerak, lekin hech qanday holatda ham Yangihayot tumanida qurilayotgan uy-joylarga o‘xshamasligi zarur. Va, albatta, bunday vaziyatda qandaydir ijtimoiy kafolatlar haqida o‘ylash lozim. hozirgi muqimlar uchun loyiha: ular qayerda va qanday yashashadi. Hammasini tinch yo‘l bilan hal qilish darkor. Jentrifikatsiya (shahar mavzelarini rekonstruksiya qilish — tahr.) hech qayerda og‘riqsiz bo‘lmaydi va bunga juda, juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rish kerak. Shoshilishning hojati yo‘q deb o‘ylayman», — deydi u.

Nikita Makarenko o‘z xulosasida fuqarolar uchun nima muhimroq degan savolni taroziga qo‘yishni taklif qildi: kvadrat metr yashash maydonimi yoki deyarli 60 yildan beri o‘sib kelayotgan ajoyib yashil maydon.

«Bunday mavzeni qaytadan barpo qilish uchun bizda yana 60 yil bormi?» — deb so‘raydi jurnalist.

Yangihayot tumani hokimi Xayot Inog‘omov «Gazeta.uz» muxbiri bilan uchrashuvda hech kim daraxtlarni yo‘qotishni istamasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir-ikki yil avval daraxtlarni saqlab qolish uchun yer usti metro qurilishi loyihasi o‘zgartirilgan. Dastlab Chilonzor liniyasining Sergeli uchastkasini Qo‘yliq shoxobchasi bilan halqa qilib yopish rejalashtirilgan edi. Biroq loyiha qayta ko‘rib chiqildi, chunki 500 ta daraxt xavf ostida edi.

«Men chinorlarning 99 foizini saqlab qolishga va’da beraman», — dedi Xayot Inog‘omov yog‘och uylar aholisini ko‘chirishda daraxtlarni asrab-avaylash haqida so‘zlar ekan. Ularning qirib tashlanishini o‘zim xohlamayman. Jahongir Obidovich (Toshkent hokimi Ortiqxo‘jayev — tahr.) ham xohlamaydi".

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Yo‘ldosh mavzesida 5000 ga yaqin ulkan chinor va eman daraxtlari o‘smoqda. Ammo aniq raqam hali hisoblab chiqilmagan, dedi tuman rahbari.

Foto: Madina A’zam / «Gazeta.uz».

«Yog‘och uylarni daraxtlarga shikast yetkazmasdan buzish mumkin, lekin qurishning iloji yo‘q. Kotlovan qaziy olmaymiz. Tabiatni saqlab qolishni istaymiz, shuning uchun variantlarni ko‘rib chiqyapmiz», — dedi Hayot Inog‘omov.

Uning aniqlik kiritishicha, yog‘och uylarda yashayotgan 15 764 nafar fuqaroni ko‘chirish uchun 178 360 kvadrat metr uy-joy maydonini qurish zarur. Quruvchilarga qancha kvadrat metr qurishga ruxsat berilishi hali noma’lum. Biroq hozirda qo‘riq joylarda 60 yillik o‘simliklarni chetlab o‘tib, balandligi 16 qavatdan ortiq bo‘lmagan uylar qurish taklif qilinmoqda.

«Ana, ko‘ryapsizmi, ana u yerda chiqindixona turibdi. Atrofda esa katta daraxtlar yo‘q. Chiqindilarni ko‘chirish, o‘rniga uy qurish mumkin», — dedi hokim. Uning taxminlariga ko‘ra, yog‘och uylar aholisini ko‘chirish kelgusi yilning boshida boshlanishi mumkin.

Hayot Inog‘omovning qo‘shimcha qilishicha, hokimlik yonida yuzlab ulkan chinor va emanlar o‘sgan istirohat bog‘i joylashgan. Kelgusi yilda takomillashtirilib, ochilishi rejalashtirilgan. Bu sohada pul yetarli emas edi.

«Ikki yil ichida 50 ming tup daraxt ekdik. Ularning 90 foizi yashab ketdi, — deydi Hayot Inog‘omov. — Chunki biz o‘z oldimizga shunday vazifa qo‘yganmiz: avval sug‘orish tizimini quramiz, keyin ekamiz».

Shu bilan birga, Yangihayot tumani hokimi yog‘och uylarda yashovchilar faqat o‘sha hududda qurilgan uylarga joylashishi mumkinligini ta’kidladi, chunki tumanda bo‘sh yerlar yo‘q — barcha yer uchastkalari allaqachon quruvchilarga sotilgan.

Murodbek Yusupov, Huvaydo Ibragimova, Abduraxim Razzoqov, Farangiz Kamolova muallifligidagi rasmlar PressPhoto.Uz fotoagentligi ko‘magida suratga olingan.