Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hokimi Dilfuza O‘rolova tumanning turli mahallalaridagi jami 866 tup daraxtni kesishga ruxsat berdi. Hujjatga ko‘ra, daraxtlar tabiiy zararkunandalar ta’sirida qurib qolgan.

2021 yil 4 oktabrdagi qarorga (barcha hujjatlarda ushbu sana qayd etilgan) muvofiq, Sirdaryo Yo’l Ko’klam MCHJ talabi qanoatlantirilgan va 4R-30 avtomobil yo‘lining ikki tomonida joylashgan 8 turdagi 828 tup daraxtni kesishga ruxsat berilgan. Kompaniya va tuman obodonlashtirish boshqarmasiga har bir kesilgan daraxt o‘rniga 10 ta ekish majburiyati yuklatilgan.

Bundan tashqari, tuman rahbari shu kuni yana 11 ta hujjatni имзолаганva «Markaz», «Ziyokor» va «Sohil» mahallalarida — 5 tupdan, «Madaniyat» mahallasida — 7 tup, «Farhod» mahallasida 16 tup daraxtni kesishga ruxsat bergan.

Holat bo‘yicha tuman hokimligi munosabatida qarorlar Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xulosasi asosida qabul qilingani qayd etilgan.

Davlat ekologiya qo‘mitasi esa Boyovut tumani inspeksiyasi xodimlari tomonidan tegishli tartibda o‘rganishlar olib borilganini ma’lum qildi.

«Jami ekilgan 9 turdagi 5371 dona manzarali daraxt ko‘chatlaridan 828 donasi tabiiy iqlim ta’sirida qurib qolgani aniqlangan. Shu sababli ularning o‘rnini yangi ko‘chatlar ekish sharti bilan qurigan ko‘chatlarni olib tashlashga ruxsat berilgan», — deyiladi xabarda.