«moratoriy» tegli maqolalar


Daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi. Ekologiya politsiyasi tashkil etiladi
24 avgust 2021, 17:22

Daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi. Ekologiya politsiyasi tashkil etiladi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi va javobgarlik keskin kuchaytiriladi. Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etilishi ma’lum qilindi.

«Odamlar jarima to‘lab, yana daraxt kesishni davom ettiryapti» — Senat raisi
31 iyul 2021, 13:15

«Odamlar jarima to‘lab, yana daraxt kesishni davom ettiryapti» — Senat raisi

2021 yilning 6 oyi davomida 4,5 mingdan ortiq daraxt noqonuniy kesilgan, natijada o‘simlik dunyosiga 6,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Senat raisi Tanzila Narbayeva moratoriy davrida ham daraxtlarning kesilishiga tizimdagi sustkashliklar sabab bo‘layotganligi ta’kidladi. «Odamlar jarima to‘lab, yana daraxt kesishni davom ettiryapti», — dedi u.

Toshkentda tashqi reklama obyektlariga moratoriy bekor qilindi
9 iyun 2021, 16:56

Toshkentda tashqi reklama obyektlariga moratoriy bekor qilindi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi 31 dekabrgacha e’lon qilingan tashqi reklama obyektlarini joylashtirish, o‘rnatish, o‘zgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriyni bekor qildi. Kengash 4 iyunda avvalgi qaroriga o‘zgartirishlar kiritgan, ammo bu haqda hali e’lon qilinmagan.

To‘rt oy davomida 2000 dan ziyod noqonuniy daraxt kesish holatlari aniqlandi
3 iyun 2021, 18:53

To‘rt oy davomida 2000 dan ziyod noqonuniy daraxt kesish holatlari aniqlandi

2021 yilning yanvar-aprel oylarida Ekologiya qo‘mitasi daraxt va butalarni noqonuniy kesish bo‘yicha 2000 dan ortiq holatlarni aniqladi. Natijada tabiatga qariyb 5 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi.

Qarshi hokimiyati 47 tup daraxtni kesib tashladi
13 aprel 2021, 21:54 1

Qarshi hokimiyati 47 tup daraxtni kesib tashladi

Qarshi shahar hokimligi viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ijobiy xulosasini olmasdan turib, 47 tup ko‘p yillik daraxtni kesib tashladi. Tabiatga yetkazilgan zarar 253,5 mln so‘m deb baholanmoqda.

Toshkentda tashqi reklama obyektlariga moratoriy e’lon qilindi
7 aprel 2021, 12:17

Toshkentda tashqi reklama obyektlariga moratoriy e’lon qilindi

Toshkent shahrida tashqi reklama obyektlarini joylashtirish, o‘rnatish, o‘zgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriy e’lon qilindi. Ushbu taqiq 1-apreldan 31-dekabrga qadar amal qiladi va u tashqi reklama konstruksiyalarida joylashgan reklamaga taalluqli emas.

Daraxtlarni kesishga joriy etilgan moratoriy muddati 2021 yil yakunigacha uzaytirildi
5 fevral 2021, 12:41

Daraxtlarni kesishga joriy etilgan moratoriy muddati 2021 yil yakunigacha uzaytirildi

Prezident farmoni bilan daraxtlarni kesishga joriy etilgan moratoriy muddati 2021 yil yakunigacha uzaytirildi. Bundan tashqari, noqonuniy kesilgan har tup daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekish va ularni 3 yil parvarishlash majburiyati yuklatiladi.

Moratoriy davrida 136 nafar mansabdor shaxs noqonuniy daraxt kesgani aniqlandi
30 yanvar 2021, 15:26

Moratoriy davrida 136 nafar mansabdor shaxs noqonuniy daraxt kesgani aniqlandi

Davlat ekologiya qo‘mitasi 2020 yilda noqonuniy daraxt kesilishi bilan bog‘liq jami 3 960 ta huquqbuzarlik aniqlanganini ma’lum qildi. Noqonuniy daraxtkesarlarning 136 nafari mansabdor shaxs bo‘lgan.

Noqonuniy kesilgan har tup daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekishga majburlash taklif qilinmoqda
18 yanvar 2021, 17:26

Noqonuniy kesilgan har tup daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekishga majburlash taklif qilinmoqda

Daraxt kesishga joriy etilgan moratoriy muddatini 2021 yil oxirigacha uzaytirish taklif qilinmoqda. Shuningdek, noqonuniy kesilgan har tup daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekish va ularni 3 yil parvarishlash majburiyati yuklatilishi mumkin.

Sirdaryoda 113 mln so‘mlik 7 tup daraxtning noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi
17 dekabr 2020, 16:42

Sirdaryoda 113 mln so‘mlik 7 tup daraxtning noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi

Sirdaryo viloyatida fermer ko‘rsatmasi bilan 7 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 113 mln so‘mga baholandi.

««Snos»ga qarshi moratoriy eng to‘g‘ri yo‘l» — Rasul Kusherbayev
11 dekabr 2020, 11:48

««Snos»ga qarshi moratoriy eng to‘g‘ri yo‘l» — Rasul Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev «snos"larga qarshi moratoriy e’lon qilish taklifi bilan chiqdi. Uning aytishicha, asossiz va ruhsatsiz «snos"larga yo‘l qo‘yish bu zulm bilan barobardir.

Bundan keyin daraxtlarni kesishga ekologiya inspektorlari ishtirokisiz yo‘l qo‘yilmaydi — Ekologiya qo‘mitasi vakili
25 noyabr 2020, 11:50

Bundan keyin daraxtlarni kesishga ekologiya inspektorlari ishtirokisiz yo‘l qo‘yilmaydi — Ekologiya qo‘mitasi vakili

11 oyda poytaxtda daraxtlarni kesish bilan bog‘liq 307 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Shundan 297 tasi ma’muriy huquqbuzarlik, 9 tasi esa jinoiy javobgarlik bilan bog‘liq. «Bundan keyin daraxtlarni kesishga ekologiya inspektorlari ishtirokisiz yo‘l qo‘yilmaydi», — dedi Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Nodir Yunusov.

Moratoriy davrida 7854 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 9,787 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan
24 noyabr 2020, 20:05

Moratoriy davrida 7854 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 9,787 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari moratoriy davrida 7854 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 9,787 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilganini ma’lum qildi. Huquqbuzarlarning 167 nafari mansabdor shaxslar hisoblanadi. Ular qatorida Sirdaryo tumani hokimi [11,7 mln so‘m] va «Vuildinig and Supplies» qurilish korxonasi [630,4 mln so‘m] jarimaga tortilgan. 17 ta holatda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Daraxtlar va butalarni kesishga moratoriy bir yilga uzaytirilishi mumkin
24 noyabr 2020, 13:57

Daraxtlar va butalarni kesishga moratoriy bir yilga uzaytirilishi mumkin

Davlat ekologiya qo‘mitasining “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga moratoriy 2021-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilishi mumkin. Qo‘mita bu boradagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritdi.

«Turkiston» saroyi atrofidagi daraxtlar imkon qadar saqlab qolinadi — Ekologiya qo‘mitasi
23 noyabr 2020, 16:29

«Turkiston» saroyi atrofidagi daraxtlar imkon qadar saqlab qolinadi — Ekologiya qo‘mitasi

Ekologiya qo‘mitasi Toshkentdagi «Turkiston» saroyi atrofida maxsus belgi qo‘yib chiqilgan daraxtlar imkon qadar kesilmasligini ma’lum qildi.

Nurafshonda yo‘l chetidagi ko‘p yillik chinorlar kesib tashlandi
17 iyul 2020, 19:01

Nurafshonda yo‘l chetidagi ko‘p yillik chinorlar kesib tashlandi

Toshkent viloyatida 37 tup daraxt, jumladan, 26 tup ko‘p yillik chinorlar noqonuniy ravishda kesib tashlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 1,1 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Toshkent markazida ko‘p yillik chinor noqonuniy ravishda kallaklandi — Ekologiya qo‘mitasi
14 iyul 2020, 14:32

Toshkent markazida ko‘p yillik chinor noqonuniy ravishda kallaklandi — Ekologiya qo‘mitasi

Ekologiya qo‘mitasi Toshkent markazida ko‘p yillik chinor noqonuniy ravishda kallaklab tashlanganini tasdiqladi. Daraxt kesilgan joyga poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham tashrif buyurdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting