«markaziy bank» tegli maqolalar


11 oyda O‘zbekistonga 5,44 mlrd dollar jo‘natildi
16 dekabr 2020, 21:45

11 oyda O‘zbekistonga 5,44 mlrd dollar jo‘natildi

Yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 2 foizga kamayib, 5,44 mlrd dollarni tashkil etdi. Ushbu davr mobaynida pul o‘tkazmalari bo‘yicha 4,36 mlrd dollarga teng bo‘lgan ijobiy saldo o‘rnatildi.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket to‘rtinchi oy kamaymoqda
16 dekabr 2020, 11:31

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket to‘rtinchi oy kamaymoqda

Vaksina haqidagi yangiliklardan so‘ng oltin narxi arzonlashni boshlagan. Bu esa O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 32,9 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Oltin-valyuta zaxiralari kamayishda davom etmoqda
18 noyabr 2020, 12:10

Oltin-valyuta zaxiralari kamayishda davom etmoqda

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari ketma-ket uchinchi oy kamayishda davom etmoqda va umumiy 33,3 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

Aholi ko‘proq valyuta sotib ola boshladi
17 noyabr 2020, 10:50

Aholi ko‘proq valyuta sotib ola boshladi

Yanvardan oktyabrgacha aholi banklarga 3,7 mlrd dollar sotdi va 3,3 mlrd dollar sotib oldi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,7 baravar ko‘pdir.

Markaziy bank rahbariyatida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha xohish bormi? — Akmal Burxonov
7 noyabr 2020, 20:19 1

Markaziy bank rahbariyatida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha xohish bormi? — Akmal Burxonov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov Markaziy bank rahbariyatida korrupsiyani oldini olishga xohish borligiga shubha bildirdi. Uning aytishicha, “komplayens nazorat” tizimi bo‘yicha o‘qitishga tijorat banklari Markaziy bank rahbariyati orqali “vaqt yo‘q” deya javob bergan.

Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarni sotuvga chiqardi
2 noyabr 2020, 22:52

Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarni sotuvga chiqardi

Markaziy bank 2 noyabrdan tijorat banklari orqali 999,9 soflikdagi oltin quymalarni maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chiqara boshladi. Ularni xorijga olib chiqish ham mumkin.

«PayPal O‘zbekistondagi faoliyatiga cheklovlarni o‘zi o‘rnatgan» — Markaziy Bank
29 oktabr 2020, 11:36 2

«PayPal O‘zbekistondagi faoliyatiga cheklovlarni o‘zi o‘rnatgan» — Markaziy Bank

Markaziy bankning xabar berishicha, PayPal O‘zbekistondagi faoliyatiga cheklovni mustaqil ravishda o‘rnatgan va bu biror davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan kelishilmagan. Yechim sifatida internet orqali onlayn to‘lovlarni amalga oshirishda Visa, Mastercard, Unionpay xalqaro to‘lov tizimlari, shuningdek, muqobil elektron hamyonlar — WebMoney, QIWI, Yandeks.Dengi xizmatlaridan foydalanish maslahat berildi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining uch xil ssenariysi — Markaziy bank
23 oktabr 2020, 09:56

O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining uch xil ssenariysi — Markaziy bank

Markaziy bank kelgusi uch yil davomida O‘zbekistonning makroiqtisodiy rivojlanishining asosiy, optimistik va xavfli ssenariylarini taqdim etdi. Optimistik ssenariy bo‘yicha rivojlanish oltin narxining pasayishiga olib kelishi mumkin.

Oltin-valyuta zaxiralari ikkinchi oy ketma-ket kamaydi
20 oktabr 2020, 17:05

Oltin-valyuta zaxiralari ikkinchi oy ketma-ket kamaydi

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari ikkinchi oy ketma-ket kamayib, hozirda 33,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Agar avgust oyida zaxiradagi pasayish oltinni sotish bilan bog‘liq bo‘lsa, hozirda bu asosan valyutaga bog‘liq.

O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 3,1 mlrd dollarga oshgan
23 sentabr 2020, 11:36

O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 3,1 mlrd dollarga oshgan

2020 yil boshidan beri O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 12,7 foizga, ya’ni 3,1 mlrd dollarga oshgan va 1 iyul holatiga ko‘ra 27,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Xususiy sektor tomonidan jalb qilingan 2,1 mlrd dollarlik qarzning asosiy qismi, ya’ni 1,8 mlrd dollar banklar tomonidan olingan.

Asosiy stavka 14% etib belgilandi
10 sentabr 2020, 15:20

Asosiy stavka 14% etib belgilandi

Markaziy bank boshqaruvining qaroriga asosan asosiy stavka 1 foizga pasaytirilib, 14 foiz etib belgilandi. Oxirgi marta MB asosiy stavkani aprel oyida 16 foizdan 15 foizgacha tushurgan edi.

Oltin-valyuta zahiralari $34,7 mlrd ga yetdi
19 avgust 2020, 18:47

Oltin-valyuta zahiralari $34,7 mlrd ga yetdi

Avgust oyiga qadar O‘zbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi yil boshidan beri 5,6 mlrd dollarga ko‘payib, 34,7 mlrd dollarga yetdi.

O‘zbekiston va Rossiya markaziy banklari xakerlarga qarshi birgalikda kurashadi
4 avgust 2020, 20:39

O‘zbekiston va Rossiya markaziy banklari xakerlarga qarshi birgalikda kurashadi

O‘zbekiston va Rossiya markaziy banklari kompyuter hujumlariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Banklarning muammoli kreditlari ulushi 2,9 foizgacha o‘sdi
4 avgust 2020, 19:48

Banklarning muammoli kreditlari ulushi 2,9 foizgacha o‘sdi

O‘zbekiston bank tizimidagi muammoli kreditlar ulushi yil boshidan buyon 1,4 foizga o‘sib, 2,9 foizga (7 trln so‘m) yetdi. Aksariyat banklarda kredit portfelining sifati yomonlashgan.

Pandemiya sababli kambag‘allar soni ko‘payib, boylar soni kamaydi
23 iyul 2020, 16:59

Pandemiya sababli kambag‘allar soni ko‘payib, boylar soni kamaydi

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi davrida kambag‘al uy xo‘jaliklari soni 8 foizdan 21 foizga ko‘paygan, o‘rtacha va yuqori daromadli o‘y xo‘jaliklari soni esa 13 foizga kamaygan.

Asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi
23 iyul 2020, 14:30

Asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank bazaviy stavkani yiliga 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Yil oxirida inflyatsiya prognozi 11−12,5% darajasida saqlab qolindi.

So‘m yil boshidan 7,2 foizga qadrsizlandi
16 iyul 2020, 15:52

So‘m yil boshidan 7,2 foizga qadrsizlandi

2020 yilning birinchi yarmida mamlakat ichki bozorida chet el valyutasiga bo‘lgan talab $8,2 mlrd, umumiy taklif hajmi esa $4,3 mlrdni tashkil etdi. Markaziy bank ichki valyuta bozoriga $2,2 mlrd intervensiya kiritdi. Shuningdek, yil boshidan milliy valyuta kursi 7,2 foizga qadrsizlandi.

Karantin talablarining yumshatilishi iqtisodiyot faollashuviga olib keldi
6 iyul 2020, 19:37

Karantin talablarining yumshatilishi iqtisodiyot faollashuviga olib keldi

2020 yil aprel-iyun oylarida O‘zbekiston bank tizimida naqd pullar aylanmasi koronavirus pandemiyasi ta’sirida shakllandi. Iyun oyidagi ko‘rsatkich (14,6 trln so‘m) karantin sharoitidan oldingi davrdagi holatiga deyarli yaqinlashdi. Shu bilan birga, bu ko‘rsatkich keyingi oylarda “ijobiy tomonga o‘zgarishini kutish mumkin”, deb baholanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting