O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi tufayli oylik daromadi 2 mln so‘mgacha bo‘lgan uy xujaliklari ulushi 8 foizdan 21 foizgacha ko‘paygan, deya ma’lum qilinadi Markaziy bank o‘tkazgan aholi daromadlari so‘rovnomasida.

So‘rovnomada ijtimoiy kelib chiqishi jihatidan turli xil fuqarolar — talabalar va tadbirkorlardan tortib, nafaqaxo‘rlar va davlat xizmatchilarigacha bo‘lgan 6987 nafar kishi qatnashdi.

Xususan, uy xo‘jaligi o‘rtacha daromadi 2 million so‘mgacha bo‘lganlar soni deyarli uch baravarga ko‘paydi — 8 foizdan 21 foizgacha. Daromadlari 2 milliondan 4 milliongacha bo‘lgan uy xo‘jaliklari soni 39 foizdan 35 foizgacha, daromadlari 4 milliondan 6 million so‘mgacha bo‘lganlar soni esa 31 foizdan 22 foizga tushdi. Shu bilan birga, o‘rtacha daromadi 6 mln so‘m va undan yuqori bo‘lgan uy xo‘jaliklari soni 22% dan 23% ga oshdi.


Manba: Markaziy bank

Jami so‘rov qilinganlardan 56 foizi pandemiya sharoitida ularning uy xo‘jaligi daromadi kamaygan deb javob berishdi, 21 foizi esa pandemiya ularning oilaviy daromadlariga ta’sir qilmaganini bildirdi. Shu bilan birga, 15 respondentlar ular daromadsiz qolganliklarini ma’lum qilishdi, yana 7 foizi javob berishgsha qiynaldi hamda 2 foizi esa oila daromadi ko‘payganini aytishdi.


Manba: Markaziy bank

Pandemiya so‘rovda ishtirok etganlarning oilaviy jamg‘armasiga quyidagicha javob berishgan:

  • 48% — kamaytirdi;
  • 28% — jamg‘armamiz qolmadi;
  • 14% — jamg‘armaga ta’sir qilmadi;
  • 7% — javob berishga qiynaldi;
  • 3% — oilaviy jamg‘armasi oshganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank bazaviy stavkani yiliga 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qilgani haqida xabar bergandik.