1 noyabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi o‘tgan oyga nisbatan 105 mln dollarga kamaygan holda 33,3 mlrd dollarni tashkil etdi, deya xabar berdi Markaziy bank.

Sof oltin-valyuta zaxiralari (yalpi zaxira va majburiy valyutadagi farq) ham 216 mln dollarga kamayib, 32,4 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

Oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket uchinchi oy kamaymoqda. Markaziy bank aprel oyidan boshlab ham chet el valyutasida, ham oltin zaxiralarini yaratayotgan edi, ammo avgust oyida oltinni sotish orqali zaxiralarni diversifikatsiya qilish amalga oshirildi.

Manba: Markaziy bank. Kattalashtirish uchun ustiga bosing.

Eslatib o‘tamiz, bir oy oldin 1,15 mlrd dollarga kamaygani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, O‘zbekiston iyul-sentyabr oylarida 35 tonna oltin sotib, bu borada dunyoda yetakchiga aylandi.