Markaziy bank ma’lumotlariga asosan, 1 iyul holatida O‘zbekistondagi banklarning muammoli kreditlari ulushi berilgan kreditlar umumiy hajmining 2,9% ini tashkil etdi.

Ma’lumot uchun: Muammoli kreditlar muddatidan 90 kundan ortiq vaqt o‘tgan, qoniqarsiz, shubhali va umidsiz deb tasniflangan kreditlarni o‘z ichiga oladi.

2020 yil boshida muammoli kreditlar holati

Markaziy bankning 2019 yilda bank tizimini rivojlantirish to‘g‘risidagi hisobotiga ko‘ra, yil boshida mamlakat banklarining muammoli kreditlari hajmi umumiy 3,2 trln so‘mni tashkil etdi, shundan qoniqarsiz — 43%, shubhali — 19% va yomon — 38%.

Kreditlarning umumiy hajmidagi muammoli kreditlarning ulushi kredit portfeli sifatining ko‘rsatkichi bo‘lib, uning oshishi kelajakda jiddiy yo‘qotishlarga va likvidlik muammolariga olib keladigan asosiy omil hisoblanadi, deyiladi hisobotda. 1 yanvar holatiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 1,5% ni tashkil etdi.

Banklardagi aktivlar sifatining pasayishi — kapital pasayishining umumiy kapitalga nisbati, bank kapitali pasayishining ehtimoliy hajmini ko‘rsatib, bu ko‘rsatkich 2019 yilda 1,6% ga pasaydi va 1 yanvar holatiga ko‘ra 2,7% ni tashkil etdi.

Aprel-iyul holatiga ko‘ra

Manba: Markaziy bank. Kattalashtirish uchun ustiga bosing.

1 aprel holatida bank sektorida muammoli kreditlar ulushi 1,5% dan 2,3% gacha — 3,2 trln dan 5 trln so‘mgacha, 1 iyul holatiga ko‘ra — 2,9% gacha (7 trln so‘m) oshdi. Davlat ulushi bo‘lgan banklar orasida ushbu ko‘rsatkich birinchi yarim yillikda 3 foizni (6,49 trln so‘m) tashkil etadi.

Kredit portfelining sifati aprel-iyun oylarida deyarli barcha banklarda yomonlashdi. Xususan, davlat ulushi bo‘lgan banklar orasida: «O‘zsanoatqurilishbank»da — 1% dan 4,8% gacha, «Asaka» — 3,8% dan 4,6% gacha, «Ipoteka-bank»da — 2,3% dan 3% gacha, «Milliy bank» (O‘zmilliybank) — 2,3% dan 2,5% gacha, «O‘zagroeksportbank» — 7,9% dan 8,5% gacha.

Joriy davrda Halq banki, «Qishloq qurilish bank», «Aloqabank», «Turonbank», «Mikrokreditbank» va «Osiyo alyans» banki ishlamay qolgan kreditlar ulushini kamaytirishga va kredit portfelining sifatini yaxshilashga erishishdi.

Boshqa banklar qatorida (davlat ulushidan tashqari) muammoli kreditlarning o‘sishi quyidagicha kuzatildi: «Hamkorbank» — 3,6% dan 4,8% gacha, «Ipak Yo‘li banki» — 2,3% dan 4,1% gacha, «Trastbank» — dan 1,7% dan 1,9% gacha va boshqalar.

Vaziyatni yaxshilash rejalashtirilgan

Iyul oyi boshida Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan stress sinovlari yomon kreditlar ulushi bir necha baravarga ko‘payishi mumkinligini ko‘rsatdi va bu bank tizimi uchun jiddiy qiyinchilik tug‘dirmoqda. 1 oktyabrdan keyin bir qator korxonalar o‘zlarining kreditlariga xizmat qila olmaydi.

Markaziy bankning kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi departamenti direktori Sanjar Nosirov iyul oyi o‘rtalarida koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatda ishbilarmonlik faolligi keskin pasayganligini, korxonalar va aholi karantin cheklovlari tufayli banklarga qarzlarini to‘lashda qiyinchiliklarga duch kelayotganini ta’kidlagan edi.

«Bank tizimi aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining kreditlari muddatini 25 trln so‘mga uzaytirdi. Kreditlar uzaytirilgani, likvidlikning pasayishiga qaramay, banklar o‘z majburiyatlarini bajarishlari kerak. Masalan, xorijiy banklar oldidagi 3,5 trln so‘mlik majburiyatlar bajarildi, iqtisodiyotga 59 trln so‘m miqdorida kreditlar berildi va bu banklarning moliyaviy holatiga ta’sir etmaydi», — deyatushuntirdi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy bank bank tizimi barqarorligini ta’minlashning yagona yo‘li — banklarning mijozi bo‘lgan tadbirkorlar faoliyatini qayta tiklash va ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash, degan xulosaga keldi.

Umuman olganda, Sanjar Nosirovning so‘zlariga ko‘ra, karantin sababli o‘z ishini to‘xtatgan 18 mingdan ortiq korxona banklardan qarzdor bo‘lib qolgan.