«markaziy bank» tegli maqolalar


Iyun oyida yillik inflyatsiya darajasi 10,9 foizni tashkil etdi
29 iyul 2021, 16:12

Iyun oyida yillik inflyatsiya darajasi 10,9 foizni tashkil etdi

Markaziy bank bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning iyun oyi yakunlari bo‘yicha yillik inflyatsiya darajasi may oyida kuzatilgani kabi 10,9 foizni tashkil etib, so‘nggi to‘rt-besh oydan beri deyarli o‘zgarishsiz shakllanmoqda. Shuningdek, joriy yilning I yarim yilligida yalpi ichki mahsulot real hajmda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 foizga oshdi.

Markaziy bank asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi
29 iyul 2021, 12:49

Markaziy bank asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank Boshqaruvining oraliq yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

2021 yilda O‘zbekistonda ichki valyuta bozori qanday o‘zgardi
12 iyul 2021, 21:58

2021 yilda O‘zbekistonda ichki valyuta bozori qanday o‘zgardi

Yanvar-iyun oylarida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 9,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Talab esa 11,3 mlrd dollarga yetdi: kompaniyalar 9,3 mlrd dollar, aholi 2 mlrd dollar sotib oldi. Bundan tashqari, chet el valyutasini sotib oladigan korxonalarning o‘rtacha oylik soni keskin oshdi.

Banklarning muammoli kreditlari ulushi 4,7 foizgacha o‘sdi
29 iyun 2021, 20:19

Banklarning muammoli kreditlari ulushi 4,7 foizgacha o‘sdi

O‘zbekiston bank tizimidagi muammoli kreditlar (NPL) ulushi 1 iyunda 4,7 foiz yoki 14 trln so‘mga yetdi, o‘tgan yil boshida bu ko‘rsatkich 2,1 foizni tashkil etgan edi. NPL O‘zMB, «Agrobank», «O‘zsanoatqurilishbank», Xalq banki, «Qishloq qurilish bank» va boshqalarda o‘sdi.

Markaziy bank 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini e’lon qildi
11 iyun 2021, 17:08

Markaziy bank 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini e’lon qildi

Markaziy bank hududlardagi banklarda plastik kartalari mavjud fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda kuzatilgan qoidabuzarliklar sababli 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini e’lon qildi.

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
10 iyun 2021, 15:31

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank Boshqaruvining oraliq yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ma’lum qilinishicha, may oyida yillik inflyatsiya darajasi 10,9 foizni tashkil etib, aprel (10,7 foiz) oyiga nisbatan biroz tezlashgan.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 35 mlrd dollardan oshdi
8 iyun 2021, 16:38

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 35 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari may oyiga nisbatan 1,4 mlrd dollarga oshgan bo‘lib, 1 iyun holatiga ko‘ra 35,5 mlrd dollardan ortiqni tashkil qilmoqda.

14 iyundan 2000 va 20 000 so‘mlik yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi — Markaziy bank
4 iyun 2021, 20:35

14 iyundan 2000 va 20 000 so‘mlik yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi — Markaziy bank

14 iyundan nominal qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilari muomalaga chiqariladi. Banknotlar mavzusi «Buyuk Ipak yo‘li» va mamlakat hududidagi qadimiy Buxoro shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixiga bag‘ishlangan.

O‘zbekistonda 2000 va 20 000 so‘mlik yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi
4 iyun 2021, 16:38

O‘zbekistonda 2000 va 20 000 so‘mlik yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi

O‘zbekiston Markaziy banki 2000 va 20 000 so‘mlik banknotalarni muomalaga chiqaradi.

2021 yilda O‘zbekiston aholisi ko‘proq naqd pul yechib olishni va xorijiy valyuta sotib olishni boshladi
10 may 2021, 15:34

2021 yilda O‘zbekiston aholisi ko‘proq naqd pul yechib olishni va xorijiy valyuta sotib olishni boshladi

Yanvar-aprel oylarida banklarning kassalariga naqd pul tushumlari 75,4 trln so‘mni, chiqim qilingan naqd pullar esa 73,9 trln so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
22 aprel 2021, 14:46

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Markaziy bankning prognozlariga ko‘ra, 2021 yilda YAIM o‘sishi yuqori prognoz chegarasida (5,5%) kutilmoqda.

Oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb 590 mln dollarga kamaydi
14 aprel 2021, 20:45

Oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb 590 mln dollarga kamaydi

Aprel oyi boshida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari bir oyda 589,1 mln dollarga kamayib, 32,6 mlrd dollarga tushdi. Oltin hajmi oshganiga qaramasdan, qimmatbaho metall narxining tushishi bunga sabab bo‘ldi.

Markaziy bank Alisher Navoiy xotirasiga bag‘ishlangan oltin esdalik tangalarinini taqdim etdi
16 mart 2021, 15:42

Markaziy bank Alisher Navoiy xotirasiga bag‘ishlangan oltin esdalik tangalarinini taqdim etdi

Markaziy bank Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan 50 ming so‘mlik va 100 ming so‘mlik oltin esdalik tangalari va suvenirlar to‘plamlarini chiqardi.

Yil boshidan buyon pul o‘tkazmalari 892 mln dollarni tashkil qildi
12 mart 2021, 15:44

Yil boshidan buyon pul o‘tkazmalari 892 mln dollarni tashkil qildi

2021 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi deyarli 892 mln dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga ko‘p.

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
11 mart 2021, 15:49

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Markaziy bankning bazaviy prognozlariga ko‘ra, inflyatsiyaning 2021 yil yakuni bo‘yicha 9,0−10,0 foizgacha pasayishi kutilmoqda.

2020 yilda O‘zbekistonda aholi daromadi keskin kamaygan
3 mart 2021, 12:58

2020 yilda O‘zbekistonda aholi daromadi keskin kamaygan

70 foiz respondentlar 2020 yilda o‘z daromadlarining keskin kamayganini ta’kidlagan bo‘lsa, faqatgina 15 foizi daromadlarining oshganligini ma’lum qilgan. 37,4 foiz respondentlar jamg‘armasi yo‘qligini, shuningdek, 23,6 foiz respondentlar jamg‘armalari o‘rtacha 1 oygacha yetishini aytishgan.

Markaziy bank 15 ta bankka nisbatan sanksiya e’lon qildi
18 fevral 2021, 17:41

Markaziy bank 15 ta bankka nisbatan sanksiya e’lon qildi

Markaziy bank 15 ta tijorat banklariga nisbatan sanksiya e’lon qildi. Bunga sabab ushbu banklarning ayrim bo‘limlarida xodimlar asossiz ravishda plastik kartalari orqali mijozlar to‘lovlarini qabul qilishdan bosh tortgani bo‘ldi.

Yanvarda naqd pul aylanmasi 32,1 trln so‘mni tashkil etdi
11 fevral 2021, 10:16

Yanvarda naqd pul aylanmasi 32,1 trln so‘mni tashkil etdi

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, yanvarda naqd pul aylanmasi 32,1 trln so‘mni tashkil etdi. Bu oyda bank kartalariga jami 15,9 trln soʻmlik mablagʻlar kelib tushgan. Aholi bank kartalaridagi 5,2 trln soʻmlik mablagʻlarni naqdlashtirib olgan.

Markaziy bank boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
26 yanvar 2021, 11:07

Markaziy bank boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Markaziy bankning Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan Abrorxo‘ja Turdaliyev Markaziy bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Markaziy bank asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi
21 yanvar 2021, 12:28

Markaziy bank asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy banki boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. 2021 yilda YAIMning real o‘sishi 4,5−5,5 foiz darajasida bo‘lishi, inflyatsiya darajasining 9,0−10,0 foizga qadar yanada pasayishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting