2020 yilning yanvar-noyabr oylari davomida respublikaga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 5,44 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 85 mln dollarga yoki 2 foizga kamaydi. Bu haqda Markaziy Bank xabar bermoqda.

Foto: Markaziy bank.

Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 1,08 mlrd dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 119 mln dollar yoki 12 foizga oshdi.

Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 4,36 mlrd dollarga yetdi.