2020 yili yanvar-iyun oylarida mamlakat ichki bozorida chet el valyutasiga talab 8,2 mlrd AQSH dollari, taklif esa 4,3 mlrd AQSH dollariga teng bo‘ldi. Bu haqda Markaziy bank ichki valyuta bozori bo‘yicha qisqacha sharhda ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Markaziy bank milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi ichki valyuta bozoridagi talab va taklifning fundamental faktorlari hamda tashqi omillar ta’sirida shakllanganini ta’kidladi.

Xususan, hisobot yili boshidan milliy valyuta kursi 7,2 foizга, iyun oyida esa 0,4 foizга qadrsizlandi.

Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar

Sharhga ko‘ra, 2020 yilning birinchi yarmida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 8,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2018 va 2019 yillarning tegishli davrlariga nisbatan mos ravishda 1,8 va 1,2 barobarga o‘sdi. Bundan 1,7 mlrd dollar jismoniy shaxlar xaridi va qolgan 6,5 mlrd dollari yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilgan valyuta xaridlariga to‘g‘ri keldi.

Ichki valyuta bozori segmentlari kesimida chet el valyutasiga bo‘lgan talabning o‘zgarish dinamikasi — mln AQSH dollarda

Manba: Markaziy bank

Chet el valyutasiga bo‘lgan talab

Yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasiga bo‘lgan talab 2020 yilning dastlabki 6 oyligida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 foizга o‘sib, 6,5 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi (2019 yil yanvar-iyun oylari — 6,1 mlrd AQSH doll).

Qayd etilishicha, hisobot davrida, birjadan tashqari valyuta bozorida xo‘jalik sub’ektlari tomonidan 1,6 mlrd AQSH dollari miqdorida chet el valyutasi sotib olinib, valyuta birjasidagi operatsiyalar hajmi esa 4,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.

Shu bilan birga, aprel oyida karantin cheklovlari o‘rnatilgani sababli yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasi bilan bog‘liq amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi sezilarli pasaygan (sotuv — $236 mln, xarid — $116 mln). Biroq, bu ko‘rsatkichlar asta-sekin karantindan oldingi o‘sish sur’atlarini ko‘rsa boshladi.


2020 yil yanvar-iyun oylarida birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar hajmi dinamikasi (banklarning yuridik shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri operatsiyalari) — mln AQSH dollarida

Manba: Markaziy bank

Markaziy bank sharhiga ko‘ra, valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish maqsadlari tarkibida asosiy ulush (63 foiz) ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, tovarlar va xomashyo importi, 21 foizi — xalq iste’moli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi, 13 foizi — xorijiy kreditlarni so‘ndirish, qolgan 3 foizi — boshqa maqsadlar uchun xarid qilingan.


2020 yilning yanvar-iyun oylari davomida chet el valyutasini sotib olish maqsadlari tarkibi

Manba: Markaziy bank

Ma’lum qilinishicha, muayyan davrda ichki valyuta bozorida chet el valyutasini xarid qilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning oylik o‘rtacha soni 6253 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisabatan deyarli o‘zgarishsiz qoldi (2019 yili — 6153 ta).

Jismoniy shaxslar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar

Hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar (797 mln AQSH dollariga) oshgani ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan 1,7 mlrd AQSH dollari sotib olinib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos nisbatan 3,1 barobar o‘sdi.

«Xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi 2,4 mlrd dollarни tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 160 mln dollarga kamaydi. Bunda joriy yilning iyun oyida pul o‘tkazmalari hajmi may oyiga nisbatan 27 foizга o‘sib, 621 mln AQSH dollarni tashkil etdi», — deyiladi sharhda.

2020 yil yanvar-iyun oylarida jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi — mln AQSH dollar

Manba: Markaziy bank

Chet el valyutasiga bo‘lgan taklif

2020 yilning I yarim yilligida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi (Markaziy bank intervensiyalarini hisobga olmagan holda) 4,3 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 foizga kamaydi.

Bunda hisobot davrida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 2,7 mlrd AQSH dollari sotilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qoldi (2019 yilda — 2,8 mlrd. AQSH dollari).


Ichki valyuta bozoridagi taklif manbalari ulushi

Manba: Markaziy bank

Hisobot davrida Markaziy bankning valyuta intervensiyalari oltin-valyuta zahiralarining neytralligi prinsipiga asoslangan holda amalga oshirilganligi bildiriladi.

Ta’kidlanishicha, Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozoriga 2,2 mlrd AQSH dollari hajmida intervensiya amalga oshirilib, mazkur davrda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan monetar oltin hajmi doirasida bo‘ldi.

2019−2020 yillar yanvar-iyun oylarida valyuta birjasida amalga oshirilgan operatsiyalar va Markaziy bank intervensiyalari hajmi —mln AQSH dollar

Manba: Markaziy bank

2020 yilning birinchi yarmida importni moliyalashtirish manbalari tarkibida ichki valyuta bozorida sotib olingan mablag‘lar (konvertatsiya) ulushi 58 foizni, xorijiy valyutadagi o‘z mablag‘lari hisobiga importni moliyalashtirish ulushi 21 foizni tashkil etgani ma’lum qilinadi. 2019 yilning tegishli davrida ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 50 va 23 foizga teng bo‘lgan.


2019−2020 yillarning yanvar-iyun oylari davomida importni moliyalashtirish manbalari

Manba: Markaziy bank