Markaziy bank Boshqaruvining oraliq yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shu bilan birga, Markaziy bank foiz koridori ±2 foiz bandga kengaytirildi hamda pul-kredit instrumentlari to‘plamiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, 11 martdagi, 22 apreldagi, shuningdek, 10 iyundagi Markaziy bank Boshqaruvi yig‘ilishida ham asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldirilgan edi.