Markaziy bank hududlardagi banklarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish, plastik kartalari mavjud fuqarolarda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Bunga sabab — bank kartalari orqali to‘lovlarni rad etish va terminallar yo‘qligi, plastik kartalardan naqd pul yechib olish imkoniyati cheklanayotganligi.

«Savdogarbank» sankitsiyalar qo‘llaniladigan banklar ro‘yxati tarkibiga kiritilgan. Shuningdek, «Asaka bank», «Trast bank» va «Davrbank» fevral oyidagi ogohlantirishlardan so‘ng ro‘yxatda mavjud emas.

Quyida banklar ro‘yxati:

  1. «Agrobank»
  2. "Xalq banki"
  3. «Mikrokreditbank»
  4. "Milliy bank"
  5. «O‘zsanoatqurilishbank»
  6. "Ipoteka-bank"
  7. "Hamkorbank"
  8. "Qishloq qurilish bank"
  9. «Aloqabank»
  10. "Turonbank"
  11. "Savdogarbank"
  12. "Ipak yo‘li banki"
  13. «Infinbank»

Agar banklarda va uning filiallarida bankmkartalari orqali operatsiyalar oshirish rad etilayotgan va turli bahonalar vaj qilib ko‘rsatilayotgan bo‘lsa Markaziy bank bankka va uning boshqaruvchi xodimlariga nisbatan tegishli jazo belgilashi aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Markaziy bank bu turdagi sanksiyalarni 15 ta tijorat banklariga nisbatan e’lon qilgan edi.