Markaziy bank 2021-yilning yanvar oyida banklar orqali naqd pul aylanmasiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, yanvarda banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 32,1 trln so‘mni tashkil etgan. Bu 2020-yil yanvar oyiga nisbatan 7 foizga ko‘p.

Jumladan, banklar kassalariga naqd pul tushumlari 17 trln so‘mni, chiqim qilingan naqd pullar 15,1 trln so‘mni tashkil etgan.


Naqd pul tushumlari hajmi va tarkibi dinamikasi.

Joriy yilning yanvar oyida banklar kassalari va bankomatlardan berilgan naqd pullar 2020-yil yanvar oyiga nisbatan 6,7 foizga oshishi kuzatilgan.

Mazkur holat asosan bank kartalaridan naqd pul yechish hajmining 1,7 trln. so‘mga (1,5 barobar) o‘sishi hisobiga yuzaga kelgani aytilmoqda.

Natijada banklardan berilgan naqd pullar tarkibida bank kartalaridan yechib olingan naqd mablag‘lar ulushi 25 foizdan 35 foizga yetdi.

Banklardan naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning maqsadlari bo‘yicha tarkibiy dinamikasi.

2021-yil yanvar oyida bank kartalariga jami 15,9 trln so‘mlik mablag‘lar kelib tushdi. Ushbu davrda bank kartalaridagi 5,2 trln so‘mlik (32,8 foiz) mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.


Bank kartalariga kelib tushgan mablag‘lar va ularni naqdlashtirish hajmlari dinamikasi.

Avvalroq, “Gazeta.uz” Markaziy bank asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirgani haqida xabar bergan edi.