Markaziy bank Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan oltin esdalik tangalari va suvenirlar to‘plamlari sotuvini yo‘lga qo‘ygani haqida xabar berdi.

50 ming so‘mlik (diametri — 33 mm, vazni — 20 g) hamda 100 ming so‘mlik (38 mm, 30,1 g) nominalga ega bo‘lgan ushbu tangalarning narxi hozirda mos ravishda 13,4 mln va 20,4 mln so‘mga teng.

Suvenir to‘plam tarkibidagi nominalsiz beshta tanga diametri va og‘irligi yuqoridagi tangalar bilan bir xil, ammo ularning har birining narxi 102,4 mln so‘mni tashkil etadi.

Tangalar va to‘plamlarni tijorat banklari filiallaridan sotib olish mumkin.

Ma’lumot uchun, 2018 yil noyabrida Markaziy bank 1994−2009 yillarda chiqarilgan oltin va kumush esdalik tangalarini sotuvga qo‘ygan edi.