2021 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi deyarli 892 mln dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 107 mln dollarga yoki 14 foizga oshdi, deya xabar berdi Markaziy bank.

Chet elga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori esa 215 mln dollarga yetdi. 2020 yilning ushbu davrida bu ko‘rsatkich 155 mln dollarga teng bo‘lgan edi.

Natijada xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo qariyb 677 mln dollarga yetdi.