O‘zbekiston Markaziy banki nominal qiymati 2000 va 20 ming so‘m bo‘lgan yangi kupyuralarni muomalaga chiqaradi. Bu haqdagi xabarlarni Markaziy bank «Gazeta.uz» ga tasdiqladi.

Yangi kupyuralarni muomalaga kiritish to‘g‘risida Oliy Majlis Senatining qarori imzolab bo‘lingan.

So‘nggi marta Markaziy bank yangi kupyura — 100 ming so‘mlik nominaldagi banknotani 2019 yil fevralida muomalaga chiqargan edi.