«madaniy meros» tegli maqolalar


Buxorodagi yettita obyekt Islom olamining madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
7 iyul 2022, 12:30

Buxorodagi yettita obyekt Islom olamining madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor-Bakr va Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poyi kalon ansambli, qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasasi — Islom olamining madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Toshkent viloyatida arxeologiya yodgorligiga 5 mlrd 668 mln so‘m zarar yetkazilgan — DXX
22 iyun 2022, 20:26

Toshkent viloyatida arxeologiya yodgorligiga 5 mlrd 668 mln so‘m zarar yetkazilgan — DXX

Toshkent viloyatida madaniy meros obyektlarini qayta ta’mirlashda soxta hisob-kitoblar yo‘li bilan 670 mln so‘mga yaqin davlat mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi. Bundan tashqari, Qibray tumanidagi arxeologiya yodgorligi yaqinidagi qurilish ishlari ushbu obyektga 5 mlrd 668 mln so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Prokuratura 72 ta tarixiy obyektda noqonuniy reklama bannerlari o‘rnatilganini aniqladi
27 may 2022, 09:45

Prokuratura 72 ta tarixiy obyektda noqonuniy reklama bannerlari o‘rnatilganini aniqladi

Bosh prokuratura O‘zbekistondagi 72 ta madaniy meros obyektida 121 ta noqonuniy reklama joylashtirish holatlarini aniqladi. Ayrim holatlarda reklama bannerlari tarixiy obyektlarning ko‘rinishini to‘liq yopib qo‘ygan.

108 ta madaniy meros obyektida noqonuniy qurilmalar o‘rnatilgani aniqlandi
13 may 2022, 11:39

108 ta madaniy meros obyektida noqonuniy qurilmalar o‘rnatilgani aniqlandi

Bosh prokuratura O‘zbekistondagi 108 ta madaniy meros obyektida 146 ta noqonuniy qurilma o‘rnatilganini aniqladi. 76 ta noqonuniy qurilmani buzdirish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi, 63 tasi bo‘yicha ish sudga oshirildi. Qolaversa, 26 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilish bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushdi
6 may 2022, 09:51

Madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilish bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushdi

O‘zbekistonda madaniy meros yodgorliklariga nisbatan sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar yoki ularga yetishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar haqida xabar berish uchun ishonch telefoni ishga tushirildi.

Yodgorliklar va ekologiyaga zarar yetkazganlarni suratga olib yuborganlarni mukofotlash tartibi tasdiqlandi
9 aprel 2022, 11:22

Yodgorliklar va ekologiyaga zarar yetkazganlarni suratga olib yuborganlarni mukofotlash tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanishda huquqbuzarlik sodir etgan yoki ekologiyaga zarar yetkazganlarni foto va videoga olib, yuborgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi tasdiqlandi. Huquqbuzarlik haqida birinchi bo‘lib xabar berganlarga BHMning 1 baravari — 270 ming so‘m to‘lanadi.

Toshkentda bo‘yalayotgan mozaikalar
29 mart 2022, 12:59

Toshkentda bo‘yalayotgan mozaikalar

Toshkentda ko‘p qavatli uylarda aka-uka Jarskiylar loyihalari asosida yaratilgan mozaikalarni yo‘qotishga urinishlar davom ettirilmoqda. Furqat va Bobur ko‘chalarini rekonstruksiya qilish jarayonida bir qancha uylar bo‘yashga tayyorlangan, biroq jamoatchilik noroziligidan keyin ishlar to‘xtatib qo‘yildi.

Dorbozlar shousiga xush kelibsiz!
21 mart 2022, 13:10

Dorbozlar shousiga xush kelibsiz!

Ahrorbek G‘ulomovning «Ahrorbek dorboz» truppasiga O‘zbekistonning turli hududlaridan artistlar yig‘ilgan bo‘lib, olti yildirki akrobatlar va masxarabozlarning chiqishlari bilan tomoshabinlarni hayratga solib kelmoqda. Dasturning mag‘zi — dorbozlar. Ko‘chma sirk qanday yashaydi, artislar qadimgi an’analarini nima uchun saqlab kelmoqdalar va ushbu an’analar zamiriga dolzarb muammolar qanday qilib singdirilgan — «Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam fotoreportajida.

Buxoroda tuman hokimligi arxeologik yodgorlikning bir qismini fermerga berib yuborgani aniqlandi
16 mart 2022, 16:44

Buxoroda tuman hokimligi arxeologik yodgorlikning bir qismini fermerga berib yuborgani aniqlandi

Shofirkon tuman hokimligi «Vardonze qo‘rg‘oni» arxeologiya yodgorligining 124 gektar maydonini 76 gektargacha qisqartirib, qolgan qismini fermer xo‘jaligiga yaylov uchun berib yuborgani aniqlandi. Fermer esa uni ekin maydoniga aylantirib yuborgan. Buning oqibatida qadimgi tarixiy topilmalar yo‘qotilgan va davlatga 26,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish bo‘yicha ilk laboratoriya tashkil etildi
1 dekabr 2021, 16:04

O‘zbekistonda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish bo‘yicha ilk laboratoriya tashkil etildi

O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi qoshida arxeologik topilmalarni o‘rganish va tiklash bo‘yicha bo‘yicha birinchi laboratoriya ishga tushirildi. Loyiha Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Alisher Usmonovning fondi O‘zbekiston madaniy merosini saqlab qolish bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatladi
3 noyabr 2021, 15:38

Alisher Usmonovning fondi O‘zbekiston madaniy merosini saqlab qolish bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatladi

Rossiyalik biznesmen va metsenat Alisher Usmonovning «San’at, fan va sport» xayriya jamg‘armasi O‘zbekiston madaniy merosini saqlab qolish, shu jumladan, Toshkentda modernizm me’morchiligini qayta tiklash bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. O‘tgan asrning 60−80 yillarida poytaxtda qurilgan binolarga tashqi jozibadorlik taqdim etib, funksional jihatdan takomillashtiriladi.

«Madaniy meros obyektlarini saqlashning shaffof huquqiy mexanizmini yaratish kerak» — Tanzila Narbayeva
20 oktabr 2021, 16:22

«Madaniy meros obyektlarini saqlashning shaffof huquqiy mexanizmini yaratish kerak» — Tanzila Narbayeva

Senat madaniy meros obyektlarini saqlash va himoyasini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturi doirasidagi ishlar to‘liq bajarilmayotganligini ta’kidladi. Senat qo‘mitasi Toshkentda madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan ayrim obyektlar ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi, 4 ta obyekt mavjud emasligini, 56 ta obyektning kadastr hujjatlari bo‘lmaganligini aniqlagan. Senat raisi Tanzila Narbayeva madaniy meros obyektlarini saqlashning huquqiy mexanizmini yaratish kerakligini qayd etdi.

Oliy sud Bobur ko‘chasidagi 7-uyning himoyachilari foydasiga qaror chiqardi
15 iyun 2021, 13:53

Oliy sud Bobur ko‘chasidagi 7-uyning himoyachilari foydasiga qaror chiqardi

Toshkentdagi 7-uy ishi bo‘yicha avvalgi instansiyalar sudlarining qaroriga qarshi Universal Packing Master va Jemchug House`larning murojaati qanoatlantirilmadi. Oliy sud shahar aholisi foydasiga qaror chiqardi.

«Navro‘z» qabullar uyi o‘rnida «ulkan kutubxona» quriladi
9 aprel 2021, 17:17

«Navro‘z» qabullar uyi o‘rnida «ulkan kutubxona» quriladi

Toshkent hokimligi Milliy bog‘ hududida madaniy-ma’rifiy kompleks qurilishi boshlanganligi haqida xabar berdi. Bu yerda joylashgan «Navro‘z» to‘yxonasining buzilishi poytaxt aholisi uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Uning o‘rniga 1,5 mln kitob fondiga ega kutubxona qurilishi kutilmoqda. «Gazeta.uz» muxbiri qurilish joyida bo‘ldi.

Bizda ro‘yxatda turibdi, lekin aslida o‘sha madaniy meros obyekti yo‘q — Ozodbek Nazarbekov
8 yanvar 2021, 19:07

Bizda ro‘yxatda turibdi, lekin aslida o‘sha madaniy meros obyekti yo‘q — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 2019 yilda madaniy meros obyektlarini xatlovdan o‘tkazishda hokimiyatlar yo‘l qo‘ygan kamchilik va xatolar haqida fikr bildirdi. “Hudud hokimiyatlari tomonidan ko‘r-ko‘rona ro‘yxat berishlar yoki 20 yil oldingi ro‘yxatini sandig‘idan olib, bizga shuni taqdim qilgan holatlar kelib chiqyapti”, — dedi vazir.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting