Turizm va madaniy meros vazirligi hamda uning huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilish bo‘yicha Ishonch telefoni ishga tushirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Endilikda fuqarolar va respublika mehmonlari biror bir obidaga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar yoki ularga bo‘layotgan xavfni sezgan holatda +(71) 200 01 18 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Vazirlik fuqarolardan madaniy meros obidalariga ziyon yetkazilishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish masalasida vazirlikka yordam berishlarini so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda hukumat qarori bilan moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanishda huquqbuzarlik sodir etgan yoki ekologiyaga zarar yetkazganlarni foto va videoga olib, yuborgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi tasdiqlangani haqida yozgan edik. Huquqbuzarlik haqida birinchi bo‘lib xabar berganlarga BHMning 1 baravari — 270 ming so‘m to‘lanadi.