«koronavirus» tegli maqolalar


Sputnik V vaksinasi bilan emlanish bepul — SES
27 aprel 2021, 16:24

Sputnik V vaksinasi bilan emlanish bepul — SES

Sanitariya-epidemiologiya xizmati «Sputnik V» vaksinasi bilan emlanish pullik ekanligi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.

Hindistonda koronavirusdan vafot etganlarning jasadlari ko‘chada yoqib yuborilmoqda
26 aprel 2021, 10:42

Hindistonda koronavirusdan vafot etganlarning jasadlari ko‘chada yoqib yuborilmoqda

Hindistondagi kasalxonalar yotoq va kislorod tugaganligi sababli COVID-19 bemorlarini qabul qilishdan bosh tortmoqda. O‘liklar ko‘pligidan, ularning jasadlari ko‘chada yoqilmoqda. Kuniga 360 mingdan ortiq kishida virus aniqlanib, 3 ming kishi vafot etayotgani qayd etilgan.

Cheklovlar yumshatiladi, niqob taqish shart emas — Isroil koronavirusni qanday yengmoqda?
23 aprel 2021, 18:02

Cheklovlar yumshatiladi, niqob taqish shart emas — Isroil koronavirusni qanday yengmoqda?

Isroil hozirda COVID-19 bilan kasallanish holatlari bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan birini saqlab turibdi. Mamlakat aholisining kasallikka qarshi 50 foizdan ortig‘i emlandi. Ko‘chada niqob taqish sharti bekor qilindi. Karantin cheklovlari yumshatildi. Isroil aholisi ushbu kasallikni qanday yengmoqda?

COVID-19 ga qarshi yarim milliondan ortiq kishi emlandi
23 aprel 2021, 10:25

COVID-19 ga qarshi yarim milliondan ortiq kishi emlandi

O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi emlanganlar soni yarim milliondan oshdi. So‘nggi kunlarda emlanish darajasi pasaygan. Bunga Ramazon oyida ro‘za boshlanishi sabab bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi
23 aprel 2021, 09:55

O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi

O‘zbekistongaga «Sputnik V» vaksinasining birinchi partiyasi keltirildi. Vaksina uchun xarajatlarning yarmini tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirdi.

Buxorodagi 11 ta umumta’lim maktabi 14 kunlik masofaviy ta’limga o‘tkazildi
22 aprel 2021, 13:25

Buxorodagi 11 ta umumta’lim maktabi 14 kunlik masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Buxoro viloyatidagi 11 ta umumta’lim maktabi masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Viloyat xalq ta’limi tizimi xodimlarining 6 nafarida, maktab o‘quvchilarining esa 26 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari oshib bormoqda
22 aprel 2021, 11:52

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari oshib bormoqda

O‘zbekistonda so‘nggi bir sutka ichida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 384 nafarni tashkil etib, 21 aprel holatiga ko‘ra umumiy holatlar soni 87 935 taga yetdi. Oxirgi bir hafta ichida kunlik qayd etilayotgan holatlar soni 300 dan deyarli tushayotgani yo‘q.

5 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tdi
21 aprel 2021, 19:35

5 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tdi

Samarqand davlat universiteti, Jismoniy tarbiya universiteti, Jahon tillari universiteti, Sharqshunoslik universiteti va Samarqand chet tillar instituti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi. O‘qituvchi va talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlanmoqda.

Koronavirus aniqlangan uchta OTM masofaviy ta’limga o‘tdi
19 aprel 2021, 18:05

Koronavirus aniqlangan uchta OTM masofaviy ta’limga o‘tdi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida COVID-19`ga chalinish holatlari aniqlandi. Muassasalarda o‘quv jarayoni masofaviy ta’limga o‘tkazildi.

O‘zbekistonda bolalar orasida koronavirusga chalinish holatlari ko‘paymoqda — OAV
19 aprel 2021, 16:12

O‘zbekistonda bolalar orasida koronavirusga chalinish holatlari ko‘paymoqda — OAV

O‘zbekistondagi kasalxonalarda koronavirus kasalligiga chalingan bolalar soni keskin ko‘paymoqda, ular orasida o‘lim holati ham qayd etilganligi aytilmoqda. Zangiotadagi ixtisoslashgan shifoxonada hozirgacha 400 nafarga yaqin bola davolangan.

Mirza Azizov 25 kun reanimatsiyada bo‘lib, koronavirus bilan kurashgani ma’lum bo‘ldi
19 aprel 2021, 15:57

Mirza Azizov 25 kun reanimatsiyada bo‘lib, koronavirus bilan kurashgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov COVID-19 ga chalinib, Zangiota shifoxonasiga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi. Aktyor 25 kun davomida reanimatsiya bo‘limida davolangan.

Isroilda ko‘chada niqob taqmaslikka ruhsat berildi
19 aprel 2021, 11:51

Isroilda ko‘chada niqob taqmaslikka ruhsat berildi

Isroilda koronavirus bilan kasallanish holatlari pasayishi sababli ko‘chada niqob taqish talabi bekor qilindi. O‘z yashash joylaridan tashqari, boshqa binolarda niqob taqish majburiy bo‘lib qolmoqda. Mamlakat aholisining 50 foizidan ortig‘i COVID-19 ga qarshi emlandi.

Xitoy-o‘zbek vaksinasi «britaniya» va «braziliya» shtammlariga qarshi samarali ekanligi tasdiqlandi
19 aprel 2021, 10:33

Xitoy-o‘zbek vaksinasi «britaniya» va «braziliya» shtammlariga qarshi samarali ekanligi tasdiqlandi

Xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAS2001 vaksinasi koronavirusning yangi «britaniya» va «braziliya» shtammlariga qarshi samarali ekanligi qayd etildi. Bundan tashqari, mazkur vaksina «janubiy afrika» shtammiga ham qarshi aktiv neytral holatini saqlab qoldi.

65 yoshdan kattalar va yosh bolalarga taroveh namozlarini uyda ado etish so‘ralmoqda
19 aprel 2021, 09:53

65 yoshdan kattalar va yosh bolalarga taroveh namozlarini uyda ado etish so‘ralmoqda

Murakkab epidemiologik vaziyatni e’tiborga olib, juma va taroveh namozlarini amalga oshirishda 65 va undan katta yoshdagi fuqarolar, yosh bolalar hamda surunkali kasalligi mavjud shaxslardan ibodatlarni uyda amalga oshirish so‘ralmoqda.

Aprel oyi oxirigacha O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasi olib kelinadi
17 aprel 2021, 12:09

Aprel oyi oxirigacha O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasi olib kelinadi

Bosh vazir aprel oxirigacha O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasi olib kelinishini ma’lum qildi. Shuningdek, oy oxirida yana bir million donadan ziyod Xitoy vaksinasi keltiriladi.

O‘zbekistonda koronavirusning «Janubiy Afrika» shtammi aniqlangan — bosh vazir
17 aprel 2021, 11:41

O‘zbekistonda koronavirusning «Janubiy Afrika» shtammi aniqlangan — bosh vazir

Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekistonga koronavirusning Janubiy Afrikada aniqlangan shtammi ham kirib kelganini ma’lum qildi. Hukumat rahbari bolalar orasida kasallikning ko‘payyotganiga alohida e’tibor qaratish kerakligini ta’kidladi.

18 apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytiriladi
17 aprel 2021, 11:30

18 apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytiriladi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish holatlari keskin oshayotganligi sababli, 18 apreldan karantin nazorati kuchaytiriladi, umumiy ovqatlanish muassasalarida va avtobuslarda o‘rinlar 50 foizgacha cheklanadi. Shuningdek, 1 maydan konsert va tomoshalar kabi ommaviy tadbirlarni yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazish cheklanadi.

O‘zbekistonda 300 mingdan ortiq kishi COVID-19 ga qarshi emlandi
15 aprel 2021, 10:31

O‘zbekistonda 300 mingdan ortiq kishi COVID-19 ga qarshi emlandi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina bilan 300 mingdan ortiq fuqaro emlandi. 14 aprel kuni 43 ming 896 kishi vaksina oldi.

Jizzaxda 102 yoshli onaxon koronavirusga qarshi emlandi
14 aprel 2021, 17:53

Jizzaxda 102 yoshli onaxon koronavirusga qarshi emlandi

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 102 yoshli Suymaxol Zulimova koronavirusga qarshi emlandi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 200 ming nafardan oshdi
13 aprel 2021, 13:18

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 200 ming nafardan oshdi

12 aprel kuni O‘zbekistonda 67,4 mingdan ziyod kishi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanib, vaksina olganlar soni 200 ming nafardan oshdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting