12 aprel kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab jami 67445 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash tashkiloti matbuot xizmati xabar bermoqda. Ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 216 087 nafarga yetdi.

Farg‘ona viloyatida yana rekord qayd etilib, bir kunning o‘zida 18 ming nafardan ortiq fuqaro (18363 nafar) emlandi. Shuningdek, Andijon viloyatida 11 667 nafar, Namangan viloyatida 8397 nafar aholi emlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda COVID-19ga qarshi vaksinatsiya jarayoni 1 aprel kuni boshlangan edi. Birinchi bosqichda 65 yoshdan katta bo‘lgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanmoqda.