Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida o‘tkazilgan Respublika maxsus komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida aprel oxirigacha O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasi olib kelinishi haqida ma’lum qilindi. Bu haqda «Gazeta.uz» muhbiri xabar berdi.

«Oy oxirigacha „Sputnik V“ vaksinasi bizga yetib keladi. Bu uchinchi vaksina. Strategiya bo‘yicha biz uchta vaksinani tanlab olganmiz», — dedi bosh vazir.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, aprel oxirida yana bir million donadan ziyod Xitoy vaksinasi keltirilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston yil oxirigacha o‘z vaksinasiga ega bo‘lishi kutilmoqda, bu borada o‘zbek olimlari jiddiy izlanish olib borayotgani ma’lum qilindi.