Juma kuni O‘zbekistongaga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi keltirildi. Vaksinani yetkazib berishda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi amaliy ko‘mak berdi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Fevral oyining o‘rtalarida O‘zbekiston N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasidan mamlakatda ommaviy foydalanish uchun sertifikatladi va tasdiqladi. Ushbu vaksinani sertifikatlash jarayoni ishlab chiquvchilardan kerakli hujjatlar, xususan, vaksina klinik sinovlarining uchinchi bosqichi natijalarini olgandan keyingina boshlandi.


O‘zbekistonga aholini emlash uchun olib kelinadigan «Sputnik V» vaksinasining yarmini tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirdi. Oldinroq ushbu vaksinadan jami 1 million doza sotib olinishi rejalashtirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, aprel-iyun oylarida 4 millionga yaqin fuqaro COVID-19ga qarshi emlash rejalashtirilgan edi. 2021 yil oxiriga kelib, bu ko‘rsatkich 7 millionga yoki mamlakat aholisining taxminan 20 foizigacha o‘sishi mumkin.


1 apreldan boshlab 65 yoshdan katta va tibbiyot xodimlarini o‘zbek-xitoy va AstraZeneca vaksinalari bilan emlash ishlari boshlandi. Ushbu vaksinalarning qo‘shimcha dozalarini olib kelish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.