Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 102 yoshga kirgan onaxon koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: SSV matbuot xizmati

Suymaxol Zulimova 1919-yilda tug‘ilgan bo‘lib, tumanning «Oqar» MFY Bahor ko‘chasida yashaydi.

«Bolam, jon shirin ekan, mana, men 102 yoshga kirib emlandim. Shifokorlar doim holimdan xabar olib turadi. Nojo‘ya ta’sirini sezmadim», — deydi Suymaxol ona.