Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o‘qituvchilari va talabalari orasida COVID-19`ga chalinish holatlari aniqlangani sababli muassasalar masofaviy ta’limga o‘tdi.

O‘zbek tili va adabiyoti universitetida 19 aprel sanasidan o‘quv jarayoni masofaviy shaklga o‘tkazilishiga qaror qilindi.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 20 aprel sanasidan 14 kunga masofaviy ta’limga o‘tkazildi.

Shu bilan birga, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘tgan hafta mobaynida ba’zi kam sonli talabalar orasidan koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Kasallikning talaba va o‘qituvchilar orasida tarqalishini oldini olish maqsadida universitetda o‘quv jarayoni 14 kunga masofaviy shaklga o‘tkazildi.